Kuzatuvchi » Siyosiy » HAR BIR QURILAYOTGAN OBYEKTNING QR-KODLI PASPORTI JORIY ETILADI

HAR BIR QURILAYOTGAN OBYEKTNING QR-KODLI PASPORTI JORIY ETILADI

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-sentabrdan har bir qurilayotgan obyektning QR-kodli pasporti joriy qilinadi. Bu orqali shaharsozlik subyektlari, qurilish muddatlari, shaharsozlik hujjatlari va tasdiqlangan ekspertiza xulosalari haqidagi ma'lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, ko'p kvartirali uylardagi joylarni, shuningdek, yerto'lalarni qayta qurish va qayta rejalashtirishda shaharsozlik normalarini buzgan holda ko'p kvartirali uyning konstruktiv qismlari va tayanch devorlariga o'zgartirish kiritish, buzish hamda binoning zilzilaga bardoshliligiga salbiy ta'sir qiladigan ishlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

2025-yil 1-iyuldan:

barcha ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi obyektlari majburiy tarzda shartnoma asosida texnologik auditdan o'tkaziladi;

 

bosqichma-bosqich hududiy inspeksiyalarda Qurilish obyektlarini onlayn kuzatish markazi tashkil etiladi;

 

tajriba-sinov tariqasida 2025-yilda Qashqadaryo viloyatidagi Davlat byudjeti mablag'lari hisobiga yangidan quriladigan obyektlarga videokameralar o'rnatiladi;

 

qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida davlat nazoratini amalga oshirishda mobil videokameralar (bodikamera) va maxsus planshetlardan foydalaniladi.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat korsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ISH BERUVCHINING XODIMGA KAFOLATLI QO‘SHIMCHA TO‘LOVLARNI

personmaftuna 15-05-24, 19:38
0 ISH BERUVCHINING XODIMGA KAFOLATLI QO‘SHIMCHA TO‘LOVLARNI AMALGA OSHIRISH MAJBURIYATI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 281-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha...

АLIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QO‘YILGAN TAQIQNI OLIB

personmaftuna 25-06-24, 17:42
0 АLIMENT UCHUN CHET ELGA CHIQISHGA QO‘YILGAN TAQIQNI OLIB TASHLASH TARTIBI

А liment to‘lovchi ayrim shaxslarning bevosita daromad manbai chet elga chiqish, migratsiya bilan bog‘liq. Bunday...

ISHGA QABUL QILINAYOTGANDA QANDAY HUJJATLAR SO‘RALADI?

personmaftuna 03-06-24, 14:24
0 ISHGA QABUL QILINAYOTGANDA QANDAY HUJJATLAR SO‘RALADI?

Qonunchilikka ko‘ra, ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: - pasport...

menu
menu