Kuzatuvchi » Siyosiy » ISH BERUVCHINING XODIMGA KAFOLATLI QO‘SHIMCHA TO‘LOVLARNI AMALGA OSHIRISH MAJBURIYATI

ISH BERUVCHINING XODIMGA KAFOLATLI QO‘SHIMCHA TO‘LOVLARNI AMALGA OSHIRISH MAJBURIYATI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 281-moddasiga asosan, ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart: ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolish chog‘ida bunday bekor turib qolish davom etgan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan, tarif stavkasining (maoshning) kamida uchdan ikki qismini to‘lashi, ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra xodim tomonidan mehnat normalari, mehnat (lavozim) majburiyatlari bajarilmaganda xodimning amalda ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshning) kamida uchdan ikki qismini saqlab qolishi, tungi vaqtdagi ish uchun xodimga qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirishi, dam olish, ishlanmaydigan bayram kunlaridagi va ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan miqdorda haq to‘lashi, o‘zi uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi belgilangan xodimlarga to‘liq ish vaqtida ishlovchi tegishli toifadagi xodimlar uchun nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash miqdorigacha bo‘lgan qo‘shimcha to‘lovni amalga oshirishi, qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan kafolatli qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari ish beruvchi xodimlarga ushbu Kodeksda, qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, jamoa shartnomasida, shuningdek ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan boshqa kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

АҲОЛИНИНГ ЭҲТИЁЖМАНД ҚАТЛАМЛАРИ УЧУН ДАВЛАТ БОЖИ

personmaftuna 30-09-24, 10:53
0 АҲОЛИНИНГ ЭҲТИЁЖМАНД ҚАТЛАМЛАРИ УЧУН ДАВЛАТ БОЖИ КАМАЙТИРИЛДИ

Президент 16.01.2024 йилда ЎРҚ-896-сонли «Ўзбекистон Республикаси адлия органлари тизими такомиллаштирилиши муносабати...

АВТОМОБИЛЛАРНИ ТЕХНИК КЎРИКДАН ЎТКАЗИШ МУДДАТЛАРИ

personmaftuna 08-02-24, 12:35
0 АВТОМОБИЛЛАРНИ ТЕХНИК КЎРИКДАН ЎТКАЗИШ МУДДАТЛАРИ

Президентнинг 28.06.2022 йил кунги ПҚ-298-сон қарорига кўра; Жисмоний шахсларга тегишли ишлаб чиқарилганига 10 йилгача...

TUG‘ILISHNI QAYD ETISH TARTIBI VA MUDDATLARINI BILASIZMI ?

personmaftuna 28-06-24, 22:56
0 TUG‘ILISHNI QAYD ETISH TARTIBI VA MUDDATLARINI BILASIZMI ?

O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 205-moddasiga asosan. Bolalarning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib,...

menu
menu