“O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XIZMAT KO'RSATGAN EKOLOG” FAXRIY UNVONI TA'SIS ETILDI
O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan ekolog" faxriy unvonini ta'sis etish to'g'risidagi Qonun (O'RQ-1048-son, 19.03.2025 y.) qabul qilindi.
Qonunga ko'ra, “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan ekolog” faxriy unvoni mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish, tabiatni asrab-avaylash, biologik xilma-xillikni saqlash, iqlim o'zgarishi oqibatlarini yumshatish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash borasida salmoqli natijalarga erishgan ekofaollarga beriladi.
Shuningdek, ekologik jihatdan toza va innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda hamda amaliyotga joriy etishda, yashil hududlarni kengaytirishda va ko'kalamzorlashtirish ishlarida alohida tashabbus ko'rsatgan, aholining ekologik madaniyatini oshirish, yosh avlodni tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash hamda tizimda yuqori malakali kadrlarni tayyorlash borasida fidokorona mehnat qilayotgan mutaxassis-xodimlarga va sohaning boshqa vakillariga, shuningdek, mazkur yo'nalishda jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotgan ekofaollarga beriladi.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i.
Boshqa maqolalar
RESPUBLIKA IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT ORGANLARI VA XOʻJALIK
personmaftuna 08-02-25, 00:50Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan negizida texnikumlar tashkil etiladigan kasbiy ta'lim tashkilotlari roʻyxati...
YER QA'RIDAN FOYDALANISHGA OID HUQUQBUZARLIK HAQIDA XABAR
personmaftuna 08-08-25, 01:29Hukumat qarori (457-son, 22.07.2025-y.) bilan “Yer qa'ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq...
YO‘QOTILGAN EGALIK HUQUQINI TASDIQLOVCHI HUJJATNING DAVLAT
personmaftuna 19-01-24, 19:43Bunda ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishi uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi yoki uning ishonchli vakili...