MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI SOHASIDAGI XODIMLAR KO‘P YILLIK XIZMATI UCHUN RAG'BATLANTIRILADI
“Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”ga Prezident Farmoni (PF-51-son, 19.03.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko'ra, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) bo'linmalari xodimlarining ko'p yillik xizmati uchun rag'batlantirish tizimi joriy etiladi.
2025-yil 1-sentabrdan:
umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga;
umumiy o'rta ta'lim tashkilotlari direktori o'rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga;
I va II guruhga kiruvchi maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha III va IV guruhdagi umumiy o'rta ta'lim tashkiloti direktori o'rinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi.
2026-yil 1-yanvardan umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarining direktor jamg'armasi mablag'lari hisobidan direktor va uning o'rinbosarlariga faoliyat samaradorligi ko'rsatkichlari (KPI) natijasiga ko'ra bazaviy tarif stavkalariga nisbatan tegishlicha 20 va 10 foiz miqdorida har oylik ustamalar belgilanadi.
T.DAVLETOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ДОНОРЛАРГА БЕРИЛАДИГАН ПУЛ МУКОФОТИ МИҚДОРИ ОШИРИЛДИ
personmaftuna 19-03-25, 07:00Қонун (ЎРҚ-1041-сон, 28.02.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига қўшимча ва ўзгартиришлар киритилди. Қонун билан...
PERSONALLASHTIRISH AGENTLIGI
personmaftuna 14-06-24, 02:122024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish...
2025-2030 YILLARDA DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISHNI
personmaftuna 15-05-25, 13:08Vazirlar Mahkamasining 08.04.2025-yildagi 210-son qarori bilan "2025–2030 yillarda davlat moliyasini boshqarish...