YURIDIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTINING ASOSIY VAZIFALARI BELGILANDI
“O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi YUridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (171-son, 19.03.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko'ra, quyidagilar Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:
adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, sud ekspertizasi, arxiv ishi va ish yuritish, ijro intizomi, murojaatlar bilan ishlash, mediatsiya va intellektual mulk sohalari mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
xalqaro miqyosda O'zbekiston manfaatlarini munosib ifoda eta oladigan yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo'yicha professional o'qitish;
oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslarni yuridik mutaxassislik bo'yicha qayta tayyorlash;
umumiy o'rta, o'rta maxsus va professional ta'lim muassasalarida huquqiy fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma'lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash, shuningdek, professional va oliy ta'lim tizimida huquqiy fanlardan dars beradigan pedagog kadrlarning belgilangan davriylikka muvofiq malakasini oshirish;
2025-yil 1-apreldan:
adliya organlari va muassasalari xodimlariga navbatdagi martaba darajalari ular Institutning maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli bitirgandan so'ng beriladi.
adliya organlari va muassasalari xodimlari hamda yuridik xizmat, advokatura va notariat sohalari bo'yicha yuridik kadrlarning bilim va ko'nikmalarini doimiy oshirib borishni nazarda tutuvchi kredit-modul mexanizmiga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi joriy etiladi.
Shuningdek, Institutda 2025-yil 1-maydan oilaviy mediasiya ishlari bo'yicha fuqarolar yig'ini raislari professional mediatorlikka bepul o'qitiladi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
O‘ZINI O‘ZI BAND QILISH TUSHUNCHASI
personmaftuna 17-08-24, 02:40O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida...
ДАСТЛАБКИ СИНОВ
personmaftuna 30-05-24, 12:45Қуйидагилар ишга қабул қилинганда дастлабки синов белгиланмайди: -ҳомиладор аёл, 3 ёшга тўлмаган боласи бор аёл ёки 3...
ДАВЛАТ ХАРИДЛАРИ ТИЗИМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ СТРАТЕГИЯСИ ИШЛАБ
personmaftuna 30-01-25, 02:02Ҳукумат қарори (865-сон, 20.12.2024 й.) билан “2025-2027 йилларда давлат харидлари тизимини такомиллаштириш ва...