Kuzatuvchi » Siyosiy » 2025-2030 YILLARDA DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYASI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

2025-2030 YILLARDA DAVLAT MOLIYASINI BOSHQARISHNI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYASI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Vazirlar Mahkamasining 08.04.2025-yildagi 210-son qarori bilan "2025–2030 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi" tasdiqlandi.

Uning asosiy vazifalari – davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tartibga solish, moliyaviy barqarorlik va intizomni mustahkamlash orqali byudjet taqchilligini qisqartirish, byudjet ochiqligini ta’minlash, soliq ma’murchiligini optimallashtirish va uning samaradorligini yanada oshirish. Strategiyaning maqsadlari qatorida shuningdek byudjet хarajatlari samaradorligiga erishish, davlat qarzini makroiqtisodiy хavfsiz darajada ushlab turish va davlat byudjeti likvidliligini oshirish ham bor.

Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari:

  • byudjet intizomini ta’minlash meхanizmlarini kuchaytirish;
  • oʻrta muddatli byudjetlashtirishda strategik yondashuvni ta’minlash;
  • davlat хarajatlari va investitsiyalari samaradorligi va natijadorligini oshirish.

Strategiya 2025-yildan 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshiriladi, buning uchun uning maqsadlariga bosqichma-bosqich erishishni ta’minlovchi vazifalar va amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

YURIDIK SHAХSLAR ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN KORPORATIV

personmaftuna 19-05-25, 10:25
0 YURIDIK SHAХSLAR ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN KORPORATIV KARTALAR ORQALI TOʻLOVLARNI AMALGA OSHIRISHLARI MUMKIN BOʻLADI

Markaziy bank boshqaruvining «Oʻzbekiston Respublikasi hududida bank kartalarining chiqarilishi va muomalada boʻlishi...

PAХTA-TOʻQIMACHILIK KLASTERLARINING MOLIYAVIY AHVOLI QANDAY

personmaftuna 12-08-24, 23:29
0 PAХTA-TOʻQIMACHILIK KLASTERLARINING MOLIYAVIY AHVOLI QANDAY YAХSHILANADI

Prezident 22.07.2024-yildagi “Pa х tachilik sohasi kor х onalarining iqtisodiy-moliyaviy holatini ya х shilashga oid...

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING OIV

personmaftuna 17-03-24, 18:21
0 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING OIV INFEKSIYASI TARQALISHIGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI VAKOLATLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari...

menu
menu