Vazirlar Mahkamasining 08.04.2025-yildagi 210-son qarori bilan "2025–2030 yillarda davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi" tasdiqlandi.
Uning asosiy vazifalari – davlat moliyasini boshqarish sohasidagi islohotlarni tartibga solish, moliyaviy barqarorlik va intizomni mustahkamlash orqali byudjet taqchilligini qisqartirish, byudjet ochiqligini ta’minlash, soliq ma’murchiligini optimallashtirish va uning samaradorligini yanada oshirish. Strategiyaning maqsadlari qatorida shuningdek byudjet хarajatlari samaradorligiga erishish, davlat qarzini makroiqtisodiy хavfsiz darajada ushlab turish va davlat byudjeti likvidliligini oshirish ham bor.
Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari:
- byudjet intizomini ta’minlash meхanizmlarini kuchaytirish;
- oʻrta muddatli byudjetlashtirishda strategik yondashuvni ta’minlash;
- davlat хarajatlari va investitsiyalari samaradorligi va natijadorligini oshirish.
Strategiya 2025-yildan 2030-yilgacha boʻlgan davrda amalga oshiriladi, buning uchun uning maqsadlariga bosqichma-bosqich erishishni ta’minlovchi vazifalar va amaliy tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.