FOYDALI QAZILMALARNING TURLARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?
Foydali qazilmalar iqtisodiy ahamiyatiga va yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish shartlariga ko‘ra, ushbu Qonunga muvofiq asosiy va noruda foydali qazilmalarga bo‘linadi. Foydali qazilmalarning asosiy turlari jumlasiga quyidagilar kiradi: rudali foydali qazilmalar — tarkibida metallar mavjud bo‘lgan foydali qazilmalar. Ular jumlasiga alyuminiy, surma, margimush, berilliy, vismut, bor, kadmiy, seziy, selestin, xrom, kinovar, kobalt, mis, galenit, galliy, germaniy, oltin, gafniy, ilmenit, indiy, temir, temir oksidi, qo‘rg‘oshin, litiy, magniy, marganets, simob, molibden, nikel, niobiy, platina guruhidagi metallar, piritlar, radiy, noyob yer elementlari (lantanoidlar va aktinoidlar), reniy, rubidiy, skandiy, selen, kumush, stronsiy, tantal, tellur, talliy, toriy, qalay, titan, volfram va uning rudalari, vanadiy, vulfenit, ittriy, rux hamda sirkon kiradi. Rudali foydali qazilmalar suvda erigan rudali foydali qazilmalarni o‘z ichiga oladi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BOLALARNI 1-SINFGA QABUL QILISH MIKROHUDUD DOIRASIDA VA
personmaftuna 23-07-24, 14:22Qonunchilikka ko'ra, bolalarni 1-sinfga Mikrohudud doirasida va Mikrohududdan tashqarida qabul qilish bo'yicha davlat...
YURIDIK KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH
personmaftuna 28-04-25, 12:53“O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi YUridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish...
TALABALAR UCHUN YAKUNIY DAVLAT IMTIHONINI ISH BERUVCHI
personmaftuna 20-02-25, 11:23Vazirlar Mahkamasining 13.12.2024-yildagi “Oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining yauniy davlat...