Foydali qazilmalar iqtisodiy ahamiyatiga va yer qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish shartlariga ko‘ra, ushbu Qonunga muvofiq asosiy va noruda foydali qazilmalarga bo‘linadi. Foydali qazilmalarning asosiy turlari jumlasiga quyidagilar kiradi: rudali foydali qazilmalar — tarkibida metallar mavjud bo‘lgan foydali qazilmalar. Ular jumlasiga alyuminiy, surma, margimush, berilliy, vismut, bor, kadmiy, seziy, selestin, xrom, kinovar, kobalt, mis, galenit, galliy, germaniy, oltin, gafniy, ilmenit, indiy, temir, temir oksidi, qo‘rg‘oshin, litiy, magniy, marganets, simob, molibden, nikel, niobiy, platina guruhidagi metallar, piritlar, radiy, noyob yer elementlari (lantanoidlar va aktinoidlar), reniy, rubidiy, skandiy, selen, kumush, stronsiy, tantal, tellur, talliy, toriy, qalay, titan, volfram va uning rudalari, vanadiy, vulfenit, ittriy, rux hamda sirkon kiradi. Rudali foydali qazilmalar suvda erigan rudali foydali qazilmalarni o‘z ichiga oladi.
A.BEKCHANOV,
Xonqa tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.