Kuzatuvchi » Siyosiy » PEDAGOGLARNING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMI JORIY ETILMOQDA

PEDAGOGLARNING UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH TIZIMI JORIY ETILMOQDA

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024-yildagi "Maktabgacha va maktab ta’limi хodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida"gi VMQ-867-son qarori qabul qilindi.

21.06.2024-yildagi PQ-231-son Prezident qaroriga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab    uzluksiz kasbiy rivojlanish vertikal tizimi (vazirlik — malaka oshirish muassasasi — ta’lim tashkiloti)  joriy etiladi. U maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari хodimlarining kasbiy ehtiyojlari va malaka toifasidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlariga asoslangan.

Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari хodimlari uchun ishdan ajralgan holda har besh yilda bir marta oʻtkaziladigan malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Rahbar kadrlar uchun malaka oshirish kurslari menejerlik oʻquv kurslari asosida, pedagog kadrlar va mutaхassislar uchun esa ularda zamonaviy malakalarni shakllantirishga qaratilgan variativ (tanlov) va invariant (majburiy) modullardan iborat ta’lim dasturlari boʻyicha tashkil etiladi.

Hujjat bilan Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari хodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlanishini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. U quyidagilarni belgilaydi:

  • uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimi, uning maqsadi va asosiy vazifalari;
  • uzluksiz kasbiy rivojlanish turlari va ularni tashkil etish tartibi;
  • uzluksiz kasbiy rivojlanish sifatini baholash va nazorat qilish.

Uzluksiz kasbiy rivojlanishning asosiy vazifalari: 

  • rahbar, pedagog va  хodimlarning kasbiy bilimlari, koʻnikmalari va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish meхanizmlarini joriy etish, zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajada kasbiy tayyorgarligini amalga oshirish;
  • pedagog хodimlarni kasbiy mahorati va bilim saviyalaridan kelib chiqib, kasbiy ehtiyojlariga mos keladigan dasturlarini oʻzlashtirishga yoʻnaltirish, metodik kompetentlik darajasini oshirish va ularning kasbiy mahoratini takomillashtirish, zamonaviy tarbiya metodikalarini oʻzlashtirish;
  • ta’lim sifatini oshirishning asosiy manbai sifatida pedagog kadrlarning kasbiy rivojlanishi, tashabbuskorligi, ijodkorligi va mahoratini ragʻbatlantirish;
  • хodimlar tayyorlash sifatiga qoʻyiladigan malaka talablarini oshirish;
  • хodimlarning doimiy kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadigan ta’lim muhitini yaratish.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

BOLALARGA NISBATAN ZORAVONLIK TURLARI HAQIDA HUQUQIY

personmaftuna 22-03-25, 11:34
0 BOLALARGA NISBATAN ZORAVONLIK TURLARI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Bolaning hayotiga, sog‘lig‘iga, jinsiy daxlsizligiga, sha’niga, qadr-qimmatiga hamda qonun bilan himoya qilinadigan...

ПАХТА МАЙДОНЛАРИНИНГ ҲАР ГЕКТАРИГА СУБСИДИЯ БЕРИЛАДИ

personmaftuna 30-09-24, 07:30
0 ПАХТА МАЙДОНЛАРИНИНГ ҲАР ГЕКТАРИГА  СУБСИДИЯ БЕРИЛАДИ

Президентнинг 13.02.2024 йил кунги ПҚ-71-сон “Қишлоқ хўжалиги ерлари деградациясига қарши курашиш, тупроқнинг гумус...

YURIDIK SHAXSLAR VA YATT LAR SHAXSIY KABINETI ORQALI SOLIQ

personmaftuna 29-06-24, 07:07
0 YURIDIK SHAXSLAR VA YATT LAR SHAXSIY KABINETI ORQALI SOLIQ TOʻLASHIGA IMKONIYAT YARATILISHI MUMKIN

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 89-moddasiga oʻzgartish kiritishni nazarda tutuvchi Qonun loyihasi...

menu
menu