Kuzatuvchi » Siyosiy » OʻZBEKISTONLIKLAR YANGI YILDA NECHA KUN DAM OLADILAR?

OʻZBEKISTONLIKLAR YANGI YILDA NECHA KUN DAM OLADILAR?

Prezident 24.12.2024-yilda “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PQ-452-son qarorni imzoladi.

Hujjatga koʻra:

● 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun 2025-yil 4-yanvar (shanba) dam olish kuni 2-yanvar (payshanba) kuniga koʻchiriladi.   

● 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlari uchun 2-yanvar (payshanba) qoʻshimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Bunda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar olti kun, 6 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar esa ketma-ket besh kun dam oladilar:  

● 28-dekabr (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar uchun ish kuni);

● 29-dekabr (yakshanba) – umumiy dam olish kuni;

● 30-dekabr (dushanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;

● 31-dekabr (seshanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;

● 1-yanvar (chorshanba) – bayram dam olish kuni;

● 2-yanvar (payshanba) – 5 kunlik ish haftasi хodimlari uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasi хodimlari uchun qoʻshimcha dam olish kuni.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

 

Boshqa maqolalar

FAQAT BIRJA ORQALI SOTILADIGAN TOVARLAR ROʻYХATI

personmaftuna 15-05-25, 13:03
0 FAQAT BIRJA ORQALI SOTILADIGAN TOVARLAR ROʻYХATI KENGAYTIRILDI

Vazirlar Mahkamasining 11.04.2025-yildagi «Zamonaviy birja me х anizmlarini joriy etish orqali birja savdolarida nar х...

QANDAY HOLLARDA KONSULLIK YIG’IMINI TO’LASHDAN OZOD QILISH

personmaftuna 21-03-25, 16:20
0 QANDAY HOLLARDA KONSULLIK YIG’IMINI TO’LASHDAN OZOD QILISH TARTIBI  QO’LLANISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

O‘zbekiston Respublikasining konsullik yig‘imlarini undirishdan voz kechish to‘g‘risidagi xalqaro shartnomasi mavjud...

RAQOBAT QO‘MITASI AHOLINI BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALARDAN

personmaftuna 11-12-24, 11:46
0 RAQOBAT QO‘MITASI AHOLINI BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALARDAN EHTIYOT BO‘LISHGA CHAQIRDI

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va telegram messenjerida tashkil etilgan guruh va kanallar orqali...

menu
menu