Kuzatuvchi » Siyosiy » “KFW” BANKI OʻZBEKISTONDA KASB-HUNAR TA’LIMINI QOʻLLAB-QUVVATLAYDI

“KFW” BANKI OʻZBEKISTONDA KASB-HUNAR TA’LIMINI QOʻLLAB-QUVVATLAYDI

Vazirlar Mahkamasining 20.12.2024-yildagi 864-son "Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati bilan moliyaviy hamkorlikda Oʻzbekistonda kasbiy ta’limini qoʻllab-quvvatlash dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi VMQ-864-son qarori qabul qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Germaniya Federativ Respublikasining «KfW» banki oʻrtasida 2023-yil 8-noyabrda imzolangan Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’limini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi Bitim 5 yil muddatga 16 mln yevro miqdorida grant ajratilishini nazarda tutadi.

Bandlik va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi «KfW» bankining "Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’limini qoʻllab-quvvatlash" loyihasi uchun ajratilgan grantdan maqsadli foydalanish va uni samarali amalga oshirish uchun mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi.

Hujjat bilan:

  • «KfW» banki grantini qurilish, montaj, ta’mirlash va jihozlash uchun yoʻnaltiriladigan kasb-hunar mahorati markazlari roʻyхati;
  • "Oʻzbekistonda kasb-hunar ta’limini qoʻllab-quvvatlash" loyihasining teхnik-iqtisodiy parametrlari tasdiqlandi.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ОРТИҚЧА МАЪМУРИЙ ТАРТИБ-ТАОМИЛЛАР ВА ЭСКИРГАН ТАРТИБГА

personmaftuna 01-09-25, 01:53
0 ОРТИҚЧА МАЪМУРИЙ ТАРТИБ-ТАОМИЛЛАР ВА ЭСКИРГАН ТАРТИБГА СОЛИШ МЕХАНИЗМЛАРИ БАРТАРАФ ЭТИЛАДИ

Қонун (ЎРҚ-1021-сон, 23.01.2025 й.) билан айрим қонун ҳужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди. Унга кўра, бир...

BILASIZMI?

personmaftuna 24-03-24, 17:07
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko'ra, suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv iste'molchilari o'rtasida rasmiylashtirilgan...

СУБСИДИЯ АСОСИДА ОЛИНГАН УЙ-ЖОЙ КРЕДИТИ УЧУН ЙЎНАЛТИРИЛГАН

personmaftuna 30-01-25, 12:03
0 СУБСИДИЯ АСОСИДА ОЛИНГАН УЙ-ЖОЙ КРЕДИТИ УЧУН ЙЎНАЛТИРИЛГАН МАБЛАҒДАН ДАРОМАД СОЛИҒИ ОЛИНМАЙДИ

Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ипотека кредитидан фойдаланишда аҳолига қўшимча қулайликлар яратиш...

menu
menu