Kuzatuvchi.uz / OʻZBEKISTONLIKLAR YANGI YILDA NECHA KUN DAM OLADILAR?

OʻZBEKISTONLIKLAR YANGI YILDA NECHA KUN DAM OLADILAR?

Prezident 24.12.2024-yilda “Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida”gi PQ-452-son qarorni imzoladi.

Hujjatga koʻra:

● 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar uchun 2025-yil 4-yanvar (shanba) dam olish kuni 2-yanvar (payshanba) kuniga koʻchiriladi.   

● 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlari uchun 2-yanvar (payshanba) qoʻshimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Bunda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan хodimlar olti kun, 6 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar esa ketma-ket besh kun dam oladilar:  

● 28-dekabr (shanba) – 5 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlovchi хodimlar uchun ish kuni);

● 29-dekabr (yakshanba) – umumiy dam olish kuni;

● 30-dekabr (dushanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;

● 31-dekabr (seshanba) – qoʻshimcha dam olish kuni;

● 1-yanvar (chorshanba) – bayram dam olish kuni;

● 2-yanvar (payshanba) – 5 kunlik ish haftasi хodimlari uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasi хodimlari uchun qoʻshimcha dam olish kuni.

 

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

 

 

20-02-2025, 10:59
Saytga qaytish