Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNAT MIGRANTLARIGA YORDAM KO'RSATUVCHI CALL-MARKAZ TASHKIL ETILADI

MEHNAT MIGRANTLARIGA YORDAM KO'RSATUVCHI CALL-MARKAZ TASHKIL ETILADI

Farmonga ko'ra,    2024-yil 1-iyundan hujjatlarni onlayn talab qilib olish bo'yicha konsullik yig'imlari miqdori fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun davlat boji miqdoriga tenglashtiriladi.

 

2024-yil 1-sentyabrgacha:

 

  • mehnat migrantlariga yordam ko'rsatish uchun tun-u kun ishlaydigan Call-markaz faoliyati tashkil etiladi; 

 

  • chet eldan chiquvchi abonentlar uchun Call-markaz raqamiga qo'ng'iroqlarni bepul asosda amalga oshirish imkoni yaratiladi.

 

  • 2025-yil 1-iyulgacha quyidagilar yaratiladi:

 

  • O'zbekistondan tashqariga chiquvchi va davlat hududiga kirib keluvchi shaxslarning aniq hisobini yuritish imkonini beruvchi yagona idoralararo va to'liq integratsiya qilingan elektron ma'lumotlar bazasi;

 

  • mehnat migrantlari uchun bo'lib turgan mamlakatlari va u yerdagi bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumotlarni joylashtirish, vatandoshlar bilan onlayn muloqot qilish va pul o'tkazmalarini amalga oshirish, qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqarolarga yordam ko'rsatuvchi tashkilotlar bilan bog'lanish imkonini beruvchi mobil ilova.

 

  • 2024-yil 1-iyuldan xususiy bandlik agentliklariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan shaxslarga O'zbekiston tashqarisida ishga joylashtirish bo'yicha xizmatlar ko'rsatganlik uchun haq undirishga ruxsat etiladi.

 

  Y.XO‘JAMURATOVA,

Yangiariq  tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ПАХТА МАЙДОНЛАРИНИНГ ҲАР ГЕКТАРИГА СУБСИДИЯ БЕРИЛАДИ

personmaftuna 30-09-24, 07:30
0 ПАХТА МАЙДОНЛАРИНИНГ ҲАР ГЕКТАРИГА  СУБСИДИЯ БЕРИЛАДИ

Президентнинг 13.02.2024 йил кунги ПҚ-71-сон “Қишлоқ хўжалиги ерлари деградациясига қарши курашиш, тупроқнинг гумус...

KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI QARZDORLIKNI

personmaftuna 19-11-24, 23:12
0 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH ORGANLARI QARZDORLIKNI SUD ORQALI UNDIRISHDA OLDINDAN DAVLAT BOJINI TO‘LASHDAN OZOD QILINDI!

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga kommunal to‘lovlarni sud orqali undirishda...

BOSHQA DAVLATLARNING HARBIY HARAKATLARIDA QATNASHGAN

personmaftuna 20-10-24, 13:50
0 BOSHQA DAVLATLARNING HARBIY HARAKATLARIDA QATNASHGAN SHAXSLARGA QANDAY JAVOBGARLIK BOR ?

Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining chet davlatlarning harbiy...

menu
menu