Kuzatuvchi » Siyosiy » NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINING ILMIY EKSPERTIZASINI OʻTKAZISH TARTIBI BELGILANDI

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINING ILMIY EKSPERTIZASINI OʻTKAZISH TARTIBI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasining 22.01.2025-yildagi «Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-29-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur hujjatga asosan, qonun loyihalari boʻyicha-tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan begʻaraz asosda, qonunosti hujjatlari loyihalari boʻyicha – tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan kelishuv asosida ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazuvchi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari  Reyestrini yuritadi.

Reyestrga kirish uchun muassasa Adliya vazirligiga tegishli soʻrov bilan murojaat etishi lozim.

Hujjat loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali yuboriladi.

Ilmiy ekspertiza natijalariga koʻra quyidagi хulosalardan biri tayyorlanadi:

  • loyiha ilmiy asoslangan;
  • loyiha yetarli darajada ilmiy asoslanmagan;
  • loyiha ilmiy asoslanmagan.

Xulosa tavsiyaviy hususiyatga ega, biroq loyihani ishlab chiquvchi uni loyihani Adliya va loyihani qabul qiluvchi organga kiritayotganda ilova qilishi shart.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАРНИ ИШГА ҚАБУЛ ҚИЛГАН

personmaftuna 05-06-25, 13:46
0 НОГИРОНЛИГИ БЎЛГАН ШАХСЛАРНИ ИШГА ҚАБУЛ ҚИЛГАН ТАДБИРКОРЛАРГА   СУБСИДИЯ АЖРАТИЛАДИ

“Ногиронлиги бўлган шахсларнинг бандлигини таъминлаш тизимини такомиллаштиришга оид қўшимча чора тадбирлар тўғрисида”ги...

XODIMNI TA’TILDAN NECHA MARTA CHAQIRIB OLISH MUMKIN?

personmaftuna 21-02-24, 03:22
0 XODIMNI TA’TILDAN NECHA MARTA CHAQIRIB OLISH MUMKIN?

A maldagi qonun hujjatlarida mehnat ta’tilidan chaqirib olishlar soni cheklanmagan. Biroq uchta muhim shart mavjud. 1....

ER VA XOTINNING UMUMIY MOL-MULKINI BO'LISH TARTIBI QANDAY

personmaftuna 27-12-24, 16:21
0 ER VA XOTINNING UMUMIY MOL-MULKINI BO'LISH TARTIBI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo'lish er va xotindan birining talabiga ko'ra, ular nikohda bo'lgan davrda ham,...

menu
menu