Kuzatuvchi » Siyosiy » XODIMNI TA’TILDAN NECHA MARTA CHAQIRIB OLISH MUMKIN?

XODIMNI TA’TILDAN NECHA MARTA CHAQIRIB OLISH MUMKIN?

Amaldagi qonun hujjatlarida mehnat ta’tilidan chaqirib olishlar soni cheklanmagan. Biroq uchta muhim shart mavjud.

 1. Ta’tildan chaqirib olishga faqat хodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi (MK 232-m.).

Ish beruvchi ishlab chiqarish zarurati tufayli oʻz tashabbusiga koʻra хodimni ta’tildan chaqirib olishi mumkin emas. Faqat – хodimga ta’tildan chaqirib olishni taklif qila oladi (boshqacha aytganda, ishga chiqishini soʻraydi). Xodim bunga rozi boʻlgan taqdirdagina chaqirib olishni rasmiylashtirish mumkin.

Kimlarni ta’tildan chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi – alohida maqoladan bilib olasiz.

2. Ta’tilni qismlarga boʻlishda ish beruvchi хodimga ta’tilning hech boʻlmaganda bir qismi oʻn toʻrt kalendar kundan kam boʻlmagan muddatni taqdim qilishi  lozim MK 231-m..

Masalan, хodimda – davomiyligi yigirma bir kalendar kundan iborat mehnat ta’tili mavjud. Uch kundan keyin  ishlab chiqarish zarurati tufayli uni ta’tildan chaqirib olishdi. Ta’tilning oʻn sakkiz kalendar  kuni qoldi, ushbu ta’tildan u keyinroq foydalanishni davom ettirgan. Biroq toʻrt  kun oʻtib u yana ishga chaqirib olingan.

Shu tariqa, хodimning hisobida faqat ta’tilning oʻn toʻrt kuni qolgan. Endi uni yana ta’tildan chaqirib olish mumkin emas. Unda faqat ta’tilning boʻlinmaydigan qismi – oʻn toʻrt kalendar kun qolgan.

Boshqa misol: хodimga yigirma besh kalendar kun davomiylikdagi – 2 iyunga qadar ta’til rasmiylashtirilgan. Biroq 10 iyun kuni ushbu ta’til berilgan ish yili tugaydi. Mazkur holatda хodimni ta’tildan chaqirib olish toʻgʻri boʻlmaydi, sababi ish yili yakuniga qadar хodim oʻn toʻrt  kunlik majburiy ta’tildan foydalanishga ulgurmaydi (MK 230-m. 2-q.).

 3. Noqulay mehnat sharoitlaridagi (MK 481-m.) va noqulay tabiiy-iqlim sharoitlaridagi  ish uchun (MK 483-m.) har yilgi qoʻshimcha ta’tillardan  ushbu ta’tillar berilgan ish yili davomida qat’iy ravishda foydalanilishi shart

Faqat joriy  ish yili mobaynida ularni qismlarga boʻlish mumkin. Ushbu ta’tillarni keyingi ish yiliga koʻchirish mumkin emas.

Shuning uchun tarkibiga qoʻshimcha ta’tillar ham kiritilgan mehnat ta’tilidan chaqirib olayotganda, хodim ulardan joriy ish yili davomida foydalanishi lozim.

 

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 




Boshqa maqolalar

OZARBAYJON BILAN ENERGETIKA SOHASIDA HAMKORLIK YANADA

personmaftuna 26-03-24, 00:37
0 OZARBAYJON BILAN ENERGETIKA SOHASIDA HAMKORLIK YANADA CHUQURLASHTIRILADI

“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori (pq-134-son, 19.03.2024 y.) qabul qilindi. Qarorga...

MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA 5 YIL ISH STAJIGA EGA

personmaftuna 29-06-24, 08:21
0 MUTAXASSISLIGI BO‘YICHA 5 YIL ISH STAJIGA EGA XOTIN-QIZLARGA OTM GA O‘QISHGA KIRISH UCHUN TAVSIYANOMA BERILADI. ARIZA TOPSHIRISH SANASI 1 MAYDAN BOSHLANADI

Hukumatning 09.06.2022- yil kungi 322- son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko ‘ ra , mutaxassisligi bo ‘ yicha kamida...

BILASIZMI?

personmaftuna 26-06-24, 00:51
0 BILASIZMI?

Qonunchilikka ko'ra, haydovchi mastlik holati bo'yicha tekshiruvdan bo'yin tovlasa, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha bo'lgan...

menu
menu