Kuzatuvchi.uz / NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINING ILMIY EKSPERTIZASINI OʻTKAZISH TARTIBI BELGILANDI

NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR LOYIHALARINING ILMIY EKSPERTIZASINI OʻTKAZISH TARTIBI BELGILANDI

Vazirlar Mahkamasining 22.01.2025-yildagi «Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-29-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Mazkur hujjatga asosan, qonun loyihalari boʻyicha-tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan begʻaraz asosda, qonunosti hujjatlari loyihalari boʻyicha – tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan kelishuv asosida ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Adliya vazirligi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilmiy ekspertizadan oʻtkazuvchi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta’lim muassasalari  Reyestrini yuritadi.

Reyestrga kirish uchun muassasa Adliya vazirligiga tegishli soʻrov bilan murojaat etishi lozim.

Hujjat loyihasi ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali yuboriladi.

Ilmiy ekspertiza natijalariga koʻra quyidagi хulosalardan biri tayyorlanadi:

Xulosa tavsiyaviy hususiyatga ega, biroq loyihani ishlab chiquvchi uni loyihani Adliya va loyihani qabul qiluvchi organga kiritayotganda ilova qilishi shart.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

15-02-2025, 01:56
Saytga qaytish