Kuzatuvchi » Siyosiy » ER VA XOTINNING UMUMIY MOL-MULKINI BO'LISH TARTIBI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

ER VA XOTINNING UMUMIY MOL-MULKINI BO'LISH TARTIBI QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Er va xotinning umumiy mol-mulkini bo'lish er va xotindan birining talabiga ko'ra, ular nikohda bo'lgan davrda ham, nikohdan ajralishgandan keyin ham, shuningdek kreditor er va xotindan birining umumiy mol-mulkdagi ulushiga undiruvni qaratish uchun umumiy mol-mulkni bo'lish talabi bilan arz qilgan hollarda amalga oshirilishi mumkin.

Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin o'rtasida o'zaro kelishuv asosida bo'lib olinishi mumkin. Er va xotinning xohishi bilan ularning umumiy mol-mulkni bo'lish to'g'risidagi o'zaro kelishuvi notarial tartibda tasdiqlanishi mumkin.

Nizo tug'ilgan hollarda er va xotinning umumiy mol-mulkini bo'lish, shuningdek er va xotinning bu mol-mulkdagi ulushini aniqlash sud tartibida amalga oshiriladi.

Oilaviy munosabatlar tugatilganda, sud er va xotin alohida yashagan davrda orttirgan mol-mulkni ulardan har birining o'z mulki deb topishi mumkin.

Voyaga yetmagan bolalar ehtiyojini qondirish uchun olingan buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar) bo'linmaydi hamda bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga kompensatsiyasiz beriladi.

Er va xotinning umumiy mol-mulki hisobidan o'rtadagi voyaga yetmagan bolalar nomiga qo'yilgan omonatlar o'sha bolalarga tegishli hisoblanib, er-xotinning umumiy mol-mulkini bo'lish paytida e'tiborga olinmaydi.

Er va xotinning umumiy mol-mulki ular nikohda turgan davrda bo'lingan taqdirda, er va xotin mol-mulkining bo'linmay qolgan qismi, shuningdek er va xotin tomonidan ular nikohda turgan davrda orttirilgan mol-mulk keyinchalik ularning birgalikdagi umumiy mulkini tashkil qiladi.

Nikohdan ajralgan er va xotinning umumiy mol-mulkni bo'lish to'g'risidagi talablariga nisbatan uch yillik da'vo muddati qo'llaniladi.

 

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat korsatish markazi boshligi.

Boshqa maqolalar

QANDAY QILIB KICHIK BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DASTURI

personmaftuna 21-03-24, 11:38
0 QANDAY QILIB KICHIK BIZNESNI QOʻLLAB-QUVVATLASH DASTURI A’ZOSI BOʻLISH MUMKIN

Vazirlar Mahkamasining 20.01.2024-yildagi 37-son qarori bilan Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks...

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:53
0 BILASIZMI?

Bezorilik, ya’ni jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash, badanga yengil shikast...

NOGIRON FARZANDI BOR OTA YOKI ONAGA SOLIQ IMTIYOZLARI

personmaftuna 17-08-24, 02:31
0 NOGIRON FARZANDI BOR OTA YOKI ONAGA SOLIQ IMTIYOZLARI

Bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni...

menu
menu