Kuzatuvchi » Siyosiy » NOGIRON FARZANDI BOR OTA YOKI ONAGA SOLIQ IMTIYOZLARI

NOGIRON FARZANDI BOR OTA YOKI ONAGA SOLIQ IMTIYOZLARI

Bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida beriladi. 

  • Soliq to‘lovchilar qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining  1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) soliq solishdan ozod etiladi.
  • Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun esa mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 3 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha ozod etiladi. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.
  • Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq kalendarь yil davomida vujudga kelgan taqdirda, soliq imtiyozi unga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran qo‘llaniladi.

Agar soliq to‘lovchi ushbu moddada nazarda tutilgan bir nechta asos bo‘yicha soliq imtiyoziga doir huquqqa ega bo‘lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta soliq imtiyozi beriladi.

  • Soliq imtiyozini qo‘llash soliq to‘lovchining asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha, asosiy ish joyi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida amalga oshiriladi. Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq yo‘qotilgan taqdirda, soliq to‘lovchi imtiyozga bo‘lgan huquqni yo‘qotgan paytidan e’tiboran o‘n besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga ma’lum qilishi kerak.

 

 

                                                                                       Bahodir YUSUPOV, 

        Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

СУВ РЕСУРСЛАРИНИ БОШҚАРИШ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

personmaftuna 19-03-25, 06:36
0 СУВ РЕСУРСЛАРИНИ БОШҚАРИШ РИВОЖЛАНТИРИЛАДИ

“Осиё тараққиёт банки иштирокида “Иқлим технологиялари орқали сув ресурсларини бошқаришни ривожлантириш” лойиҳасини...

POEZDDA YO‘QOLGAN BUYUMLARNI QAYTARIB OLISH MUMKINMI?

personmaftuna 17-12-24, 11:27
0 POEZDDA YO‘QOLGAN BUYUMLARNI QAYTARIB OLISH MUMKINMI?

Qonunchilikka ko‘ra, yo‘lovchi tashish poezdida yo‘qolgan va topib olingan buyumlarni 30 kun davomida hech kim talab...

ISHNI O‘QISH BILAN BIRGA OLIB BORAYOTGAN XODIMLARGA

personmaftuna 19-05-24, 22:06
0 ISHNI O‘QISH BILAN BIRGA OLIB BORAYOTGAN XODIMLARGA KAFOLATLAR VA KOMPENSATSIYALAR BERISH TARTIBI

Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi...

menu
menu