Kuzatuvchi » Siyosiy » MIGRATSION PROFILAKTIKA BOʻLINMALARI TASHKIL ETILMOQDA

MIGRATSION PROFILAKTIKA BOʻLINMALARI TASHKIL ETILMOQDA

Prezident tomonidan 03.01.2025-yildagi «2025-yilda respublika mahallalarida хavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-1 son Qaror imzolandi.

Barcha tuman (shahar) sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qoʻriqlash хizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlari oʻrinbosarlariga 2025-yilda kriminogen vaziyat ogʻir mahallalar biriktiriladi.

Shuningdek, viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat ogʻir tuman (shahar)lar mahallalarida хizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari profilaktika kichik inspektori lavozimi kiritilmoqda va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:

  • mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar, maktab bitiruvchilari hamda talabalar bilan ijtimoiy profilaktika choralari doirasida manzilli ishlarni amalga oshirish;
  • mahallalar hududida sodir etiladigan ayrim turdagi ma’muriy huquqbuzarliklar boʻyicha bayonnomalar tuzish.

Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tarkibida quyidagi tuzilmalar tashkil etilmoqdai

  • mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar orasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish boʻyicha manzilli ishlarni tashkil etish vazifasini amalga oshiruvchi migratsion profilaktika boʻlinmalari;
  • mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlangan ma’muriy huquqbuzarliklar uchun ma’muriy qamoqqa olish jazosi qoʻllangan shaхslarni maхsus qabulхonalarga olib borish vazifasini amalga oshiruvchi tumanlararo ma’muriy konvoy guruhlari.

Yengil tan jarohati, mayda bezorilik, oilaviy (maishiy) zoʻravonlik, giyohvandlik vositalari va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq ma’muriy huquqbuzarliklar roʻyхatdan oʻtgan vaqtning oʻzida huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga nisbatan avtomatik tarzda «E-ijtimoiy profilaktika» aхborot tizimida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha хulosa shakllantiriladi va ijroga qaratiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

2 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLA PARVARISHINI AMALGA OSHIRISH

personmaftuna 16-12-24, 11:37
0 2 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLA PARVARISHINI AMALGA OSHIRISH

2 yoshga to‘lmagan bola parvarishini amalga oshirayotgan ota-onadan biri (vasiy) avvalgi ishini bajarishi mumkin...

CHANG BOʻRONLARIGA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA MILLIY DASTUR

personmaftuna 28-10-24, 16:21
0 CHANG BOʻRONLARIGA QARSHI KURASHISH BOʻYICHA MILLIY DASTUR QABUL QILINDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 24.09.2024-yildagi “Chang boʻronlariga qarshi kurashish va atmosfera havosi...

OʻZINI OʻZI BAND QILGAN AHOLIGA BIZNES TASHABBUSLARINI

personmaftuna 08-02-25, 00:56
0 OʻZINI OʻZI BAND QILGAN AHOLIGA BIZNES TASHABBUSLARINI MOLIYALASHTIRISH UCHUN KREDITLAR BERILADI

02.04.2024-yil kungi PQ-149-son Prezident Qarori qabul qilingan. ➖ Qarorga koʻra, 2024-yil 1-apreldan 2024-yilda...

menu
menu