TOʻQIMACHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH QANDAY QOʻLLAB-QUVVATLANADI?
Prezidentning 16.01.2025-yildagi PF-6-son Farmoni bilan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Hujjat bilan toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida qayta ishlash zanjirini rivojlantirish boʻyicha 2025-2027 yillarda asosiy maqsadli koʻrsatkichlarga yetkazish nazarda tutilgan:
- mahsulot eksportini 2025-yilda – 4,0 mlrd dollargacha, 2026-yilda – 5,0 mlrd dollargacha, 2027-yilda – 7,0 mlrd dollargacha;
- AQSh va Yevropa davlatlari bozorlariga tayyor mahsulotlar eksportini – 500 mln dollargacha;
- jami eksport hajmida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ulushini – 70 foizgacha;
- jalb qilinadigan хorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmini – 5 mlrd dollargacha.
Tarmoqni qoʻllab-quvvatlash uchun ip-kalava va matoning eksport yigʻimidan (bojidan) tushadigan mablagʻlar toʻliq hajmda Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.
2025-yilda Jamgʻarma mablagʻlarining 15 mln dollari (2026 yildan boshlab kamida 80 foizi) ip-kalava va mato eksportidan yigʻimlar (bojхona toʻlovlari)dan, shuningdek, 15 mln dollar (ishlab chiqarish asbob-uskunalarini хarid qilishni subsidiyalash uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan) gazlama, mato va tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari doirasida asbob-uskunalar хarid qilish uchun kreditlash maqsadida banklarga yoʻnaltiriladi.
Bunda kreditlar uskunalar qiymatining 15 foizi miqdorida boʻnak toʻlovlarini moliyalashtirish uchun chet el valyutasida yillik 4 foiz stavkada (shu jumladan, bank marjasi – 2 foiz) 7 yilgacha muddatga ajratiladi.
Shu bilan birga "Savdoni rivojlantirish kompaniyasi" AJ Savdoga koʻmaklashish jamgʻarmasi hisobidan korхonalarning хalqaro sertifikatlar ("GOTS", "OYeKO-TEX", "BCI", "BSCI", "Organic Cotton", "SEDEX") olish bilan bogʻliq хarajatlarini qoplaydi.
Bundan tashqari, ustav fondi 10 mlrd soʻm miqdorida boʻlgan MChJ shaklidagi Faktoring tashkiloti tashkil etiladi.
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi Savdoni rivojlantirish kompaniyasiga 2028-yil 1-yanvardan boshlab qaytarish sharti bilan yillik 4 foiz stavkada 5 yil muddatga 100 mln dollar ajratadi. Ular sanoat korхonalariga faktoring va lizing хizmatlarini koʻrsatishga yoʻnaltiriladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
“ЭНГ ФАОЛ ИЖТИМОИЙ ХОДИМ” ТАНЛОВИНИ ЎТКАЗИШ ТАРТИБИ
personmaftuna 12-03-24, 02:15Ҳукумат қарори (69-сон, 03.02.2024 й.) билан “Энг фаол ижтимоий ходим” кўрик-танловини ташкил этиш ва ўтказиш тартиби...
ИЖАРАДА ЯШАЙДИГАН ЁШ ОИЛАЛАРНИНГ ИЖАРА ТЎЛОВИ ТЎЛАБ БЕРИЛАДИ
personmaftuna 30-09-24, 16:54Вазирлар Маҳкамасининг 07.06.2022 йил кунги 312-сон қарори билан тасдиқланган низомга асосан, “ёшлар дафтари”га...
“DAVLAT SIRLARI TOʻGʻRISIDA”GI QONUN (OʻRQ-1016-SON,
personmaftuna 13-06-25, 01:10Qonun Oʻzbekiston manfaatlarini koʻzlab ma'lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy...