Kuzatuvchi » Siyosiy » YOVVOYI HAYVONLARNI SAQLASH UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI

YOVVOYI HAYVONLARNI SAQLASH UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI

16.01.2025-yilda "Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish haqida"gi OʻRQ-1019-son Qonun qabul qilindi.

Qonun bilan jismoniy shaхslarga yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki asirlikda saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash, shu jumladan odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkiga zarar yetkazish bilan bogʻliq holatlar uchun javobgarlik belgilash, shuningdek hayvonlarni saqlash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.

Hujjat bilan quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi:

- MJTK 92¹-moddasi bilan toʻldirildi, unga koʻra jismoniy shaхslarga yarim erkin sharoitlarda, sun’iy yaratilgan yashash muhitida yoki asirlikda saqlash taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash uchun javobgarlik belgilandi. Ushbu huquqbuzarlik uchun fuqarolarga BHMning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solish bilan ushbu hayvonlar musodara qilinishi belgilangan. Xuddi shunday huquqbuzarlik jinoyat alomatlari boʻlmagan taqdirda odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkiga zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, fuqarolarga BHMning 30 baravardan 50 baravarigacha miqdorida jarima solish bilan ushbu hayvonlar musodara qilinishiga sabab boʻladi;

- MJTK 110-moddasiga oʻzgartish kiritildi, unga koʻra shaharlar va boshqa aholi punktlarida hayvonlarni saqlash qoidalarini buzganlik, shuningdek mansabdor shaхslar tomonidan egasiz hayvonlarni tutish va saqlash boʻyicha choralar koʻrilmagani uchun javobgarlik belgilandi. Ushbu huquqbuzarlik uchun fuqarolarga BHMning 3 baravardan 5 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa – 5 baravardan 10 baravarigacha miqdorida jarima solish nazarda tutilgan. Xuddi shunday huquqbuzarlik jinoyat alomatlari boʻlmagan taqdirda odamlarning sogʻligʻiga, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-mulkiga zarar yetkazilishiga sabab boʻlsa, fuqarolarga BHMning 10 baravardan 15 baravarigacha, mansabdor shaхslarga esa – 15 baravardan 30 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

PENIYA NIMA?

personmaftuna 30-09-24, 22:15
0 PENIYA NIMA?

Penya bu neustoyka, yaʼni iqtisodiy jazoning bir turi xisoblanadi. Fuqarolik kodeksining 261–moddasiga ko‘ra, neustoyka...

“YASHIL” DAVLAT XARIDLARINI QO'LLAB-QUVVATLASH TIZIMI

personmaftuna 08-08-25, 15:04
0 “YASHIL” DAVLAT XARIDLARINI QO'LLAB-QUVVATLASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

“Yashil” davlat xaridlarini qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat...

NIKOH YOSHI TO‘G’RISIDAGI QONUCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN

personmaftuna 30-09-24, 22:03
0 NIKOH YOSHI TO‘G’RISIDAGI QONUCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK?

Oila kodeksining 47 prim 3-moddasiga ko‘ra, nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan haqiqatda nikoh munosabatlariga...

menu
menu