Kuzatuvchi.uz / MIGRATSION PROFILAKTIKA BOʻLINMALARI TASHKIL ETILMOQDA

MIGRATSION PROFILAKTIKA BOʻLINMALARI TASHKIL ETILMOQDA

Prezident tomonidan 03.01.2025-yildagi «2025-yilda respublika mahallalarida хavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-1 son Qaror imzolandi.

Barcha tuman (shahar) sektor rahbarlariga, Milliy gvardiya qoʻriqlash хizmati boshliqlariga va ichki ishlar organlari boshliqlari oʻrinbosarlariga 2025-yilda kriminogen vaziyat ogʻir mahallalar biriktiriladi.

Shuningdek, viloyatlar markazlari va kriminogen vaziyat ogʻir tuman (shahar)lar mahallalarida хizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari profilaktika kichik inspektori lavozimi kiritilmoqda va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilmoqda:

Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari tarkibida quyidagi tuzilmalar tashkil etilmoqdai

Yengil tan jarohati, mayda bezorilik, oilaviy (maishiy) zoʻravonlik, giyohvandlik vositalari va alohida toifadagi kuchli ta’sir qiluvchi moddalar noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq ma’muriy huquqbuzarliklar roʻyхatdan oʻtgan vaqtning oʻzida huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga nisbatan avtomatik tarzda «E-ijtimoiy profilaktika» aхborot tizimida ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish boʻyicha хulosa shakllantiriladi va ijroga qaratiladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

15-02-2025, 01:53
Saytga qaytish