YER UCHASTKALARINI IJARAGA BERISH TARTIBI TAKOMILLASHTIRILDI
Vazirlar Mahkamasining 10.01.2025-yildagi 6-son qarori bilan 24.11.2021-yildagi “Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VMQ-709-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.
Hujjat OʻRQ-871-son, OʻRQ-973-son qonunlar qabul qilinishi hamda Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalarda quyidagilar nazarda tutilgan:
• qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkasi ijarachisi yerdan foydalanishning asosiy maqsadli vazifasini oʻzgartirmagan holda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaхsga berish (qayta topshirish) boʻyicha bitimni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga shaхsan murojaat qilishi shart;
• qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkasi boshqa shaхsga faqat toʻliq hajmda ijaraga berilishi mumkin, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlar esa ijaraning qolgan muddatiga rasmiylashtiriladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
KREDIT TARIXI NIMA?
personmaftuna 30-09-24, 02:14Kredit tarixi – bu sizning qaerdan, qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olganingiz va keyinchalik uni...
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN
personmaftuna 20-10-24, 14:52Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-955-son,) bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi...
AGROSANOAT SOHASIDA YANGI BOZOR MEXANIZMLARI JORIY ETILADI
personmaftuna 26-12-24, 13:07“Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog' va tokzorlarni barpo...