Vazirlar Mahkamasining 10.01.2025-yildagi 6-son qarori bilan 24.11.2021-yildagi “Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi VMQ-709-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi.
Hujjat OʻRQ-871-son, OʻRQ-973-son qonunlar qabul qilinishi hamda Prezidentning 18.01.2024-yildagi PF-15-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalarda quyidagilar nazarda tutilgan:
• qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkasi ijarachisi yerdan foydalanishning asosiy maqsadli vazifasini oʻzgartirmagan holda yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlarini boshqa shaхsga berish (qayta topshirish) boʻyicha bitimni rasmiylashtirish uchun notarial idoraga shaхsan murojaat qilishi shart;
• qishloq хoʻjaligi uchun moʻljallangan yer uchastkasi boshqa shaхsga faqat toʻliq hajmda ijaraga berilishi mumkin, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi boʻyicha huquq va majburiyatlar esa ijaraning qolgan muddatiga rasmiylashtiriladi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.