KREDIT TARIXI NIMA?
Kredit tarixi – bu sizning qaerdan, qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olganingiz va keyinchalik uni qanday to‘laganingiz to‘g‘risida batafsil ma’lumot, ya’ni bu qarz oluvchi sifatida moliyaviy intizom aksidir.
O‘zbekiston Respublikasining “Kredit ma’lumotlari almashinuvi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan kredit tarixi qarzdorning so‘nggi besh yil ichidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olib, quyidagilarni aks ettiradi:
➖ qarzdor to‘g‘risida;
➖ joriy va yopilgan kreditlar, tovar kreditlari qiymati, rasmiylashtirilgan sanasi, muddati va qoldig‘i to‘g‘risida;
➖ muddati o‘tgan qarzdorliklar to‘g‘risida;
➖ joriy va yopilgan kreditga qo‘yilgan garov mulki va mulk egasi to‘g‘risida;
➖ sud jarayonidagi kreditlar to‘g‘risida;
➖ kredit tarixi shakllangan sana va uni tayyorlagan tashkilot to‘g‘risida.
Y.XO‘JAMURATOVA,
Yangiariq tumani yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
БМТ ПРИНЦИПЛАРИ МИЛЛИЙ СТАТИСТИКА ТИЗИМИГА ЖОРИЙ ЭТИЛАДИ
personmaftuna 19-03-24, 01:02“Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Статистика агентлиги фаолиятини ташкил этиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги...
QISHLOK ХOʻJALIGIDA SUV OLISH LIMITLARI ХALQ DEPUTATLARI
personmaftuna 26-12-24, 15:32O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 22.10.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun...
ТАДБИРКОРЛИКНИ ЙЎЛГА ҚЎЙИШГА КЎМАКЛАШИШ ҚУЙИДАГИ
personmaftuna 14-12-24, 11:41а) ўқув курсларини ташкил этиш орқали тадбиркорлик фаолиятини йўлга қўйиш истагини билдирган ва хотин-қизларнинг...