O'ZAGROINSPEKSIYA HUKUMAT BO'YSUNUVIGA O'TKAZILDI
“Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-164-son, 22.10.2024-y.) qabul qilindi.
🏢 Farmonga ko'ra, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (O'zagroinspeksiya) Vazirlar Mahkamasi bo'ysunuviga o'tkazildi.
⚡️O'zagroinspeksiyaga quyidagi qo'shimcha vazifalar yuklandi:
🔹bug'doyni qabul qilish, saqlash va xaridorlarga yuklab jo'natish jarayonida yuzaga keladigan tabiiy kamayish miqdorini hisobdan chiqarishni nazorat qilish;
🔹bug'doy yetishtiruvchilardan xarid qilinadigan bug'doyni qabul qilish va sotish jarayonlarida standart talablariga ko'ra sifat ko'rsatkichlari bo'yicha (muvofiqlik sertifikati) hamda bug'doy sinflari (sifat sertifikati) bo'yicha sertifikatlashni nazorat qilish;
🔹import qilinayotgan qishloq xo'jaligi ekinlarining urug'lik va ko'chat materiallarida geni modifikatsiyalangan organizmlarning (GMO) mavjudligini aniqlash;
🔹barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda qishloq xo'jaligi, melioratsiya va yo'l-qurilish texnikalarining texnik holati, ularning ekspluatatsiya qilinishi samaradorligi, shuningdek, servis va ta'mirlash xizmatlarining sifati, qishloq xo'jaligi texnikasi va texnologiyalarini majburiy va davriy sinovdan o'tkazish ustidan nazoratni amalga oshirish;
🔹sohada davlat nazoratini amalga oshirish va hisobotlarni yuritish jarayonlarini to'liq raqamlashtirish.
N.NURJONOV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
“TELEKOMMUNIKASIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI QONUN (OʻRQ-1015-SON,
personmaftuna 13-06-25, 01:17Qonun telekommunikasiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Oʻzbekistonda telekommunikasiyalar tarmoqlari...
HAVO TRANSPORTIDA QAYSI HOLLARDA BEPUL XIZMAT KO‘RSATILADI?
personmaftuna 12-12-24, 01:34Havo transportida yo‘lovchi va bagaj tashish qoidalariga muvofiq agar parvoz vaqti kechiktirilsa, tashuvchi yo‘lovchiga...
NARKOTIKLARNI NAZORAT QILISH MILLIY MARKAZI TASHKIL ETILDI
personmaftuna 23-05-24, 18:52“O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali...