Kuzatuvchi » Siyosiy » NARKOTIKLARNI NAZORAT QILISH MILLIY MARKAZI TASHKIL ETILDI

NARKOTIKLARNI NAZORAT QILISH MILLIY MARKAZI TASHKIL ETILDI

“O‘zbekiston Respublikasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali ularning aholi salomatligi va mamlakatimiz genofondiga salbiy taʼsirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-73-son, 06.05.2024 y.) qabul qilindi.

O‘zbekistonda giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha 2024 – 2028 yillarga mo‘ljallangan milliy strategiya (Milliy strategiya) tasdiqlandi.

Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi (Milliy markaz) etib qayta tashkil etildi.

Respublikada giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq vaziyatni hududlar kesimida ilmiy-amaliy va axborot-tahliliy jihatidan tizimli ravishda chuqur o‘rganib borish, asosiy omillar hamda tendensiyalarni aniqlash va prognoz qilish, Milliy markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

 

Rafiqjon G‘ULOMOV, 

 

Qo‘shko‘pir tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

XUSUSIY TASHKILOT XODIMLARIGA XAM HOMILADORLIK NAFAQASI

personmaftuna 19-05-24, 21:57
0 XUSUSIY TASHKILOT XODIMLARIGA XAM HOMILADORLIK NAFAQASI TOʻLAB BERILADI

Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20 sentyabrdagi 515-son qarori bilan Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha homiladorlik...

“MANFAATLAR TOʻQNASHUVI” TOʻGʻRISIDAGI QONUN QABUL QILINDI

personmaftuna 24-06-24, 09:40
0 “MANFAATLAR TOʻQNASHUVI” TOʻGʻRISIDAGI QONUN QABUL QILINDI

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti 2024-yil 5-iyundagi “Manfaatlar toʻqnashuvi” toʻgʻrisidagi OʻRQ-931-con Qonunni...

MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

personmaftuna 24-03-24, 17:50
0 MA’MURIY JAVOBGARLIKNI OG‘IRLASHTIRUVCHI HOLATLAR

Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlarga: g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar...

menu
menu