INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINI HUQUQIY HIMOYA QILISH TIZIMI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI
Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-959-son, 10.09.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi Unga ko'ra, intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga ko'ra huquqbuzar tomonidan tovon to'lash tartib-taomili joriy etilishini nazarda tutuvchi qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilmoqda. Jumladan, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to'g'risida”gi Qonunga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra: Patent egasi o'zining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi o'rniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to'lashini talab qilishi mumkin. Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat'i nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda to'lanadi. Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi.
A.SHARIPBOYEV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ХОТИН ҚИЗЛАР ҲУҚУҚИ
personmaftuna 28-03-24, 10:00Қонунчиликка кўра, уч ёшга тўлмаган боланинг бюджет ташкилотларда ишлайдиган онаси ҳафтасига 35 соатдан ошмайдиган иш...
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING JAMIYATGA MOSLASHUVINI
personmaftuna 11-12-24, 11:29Nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga moslashuvini ta’minlash uchun ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘lami...
ИЖРО ҲУЖЖАТЛАРИНИ ЭЛЕКТРОН ШАКЛДА БЕРИШ ТАРТИБИ ЖОРИЙ
personmaftuna 27-01-24, 20:23“Суд ҳужжатлари ва бошқа органлар ҳужжатларини ижро этиш тизимини ислоҳ этиш ва соҳани рақамлаштириш бўйича қўшимча...