Kuzatuvchi » Siyosiy » “XOTIN-QIZLAR.UZ” PLATFORMASI DOIRASIDA MUAMMOLARNI O'RGANISH MODULI ISHGA TUSHIRILADI

“XOTIN-QIZLAR.UZ” PLATFORMASI DOIRASIDA MUAMMOLARNI O'RGANISH MODULI ISHGA TUSHIRILADI

“Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish, ularning muammolarini hal etishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat Qarori (557-son, 09.09.2024-y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, 2024-yil oktabr oyidan “Xotin-qizlar.uz” platformasi doirasida Xotin-qizlar muammolarini o'rganish va tizimli hal etish moduli (Muammolarni o'rganish moduli) ishga tushiriladi. Muammolarni o'rganish moduli orqali aniqlangan muammolar tegishliligi bo'yicha “mahalla — tuman — viloyat — respublika” darajasida hal etilishi ta'minlanadi. Muammolarni o'rganish moduliga kiritilgan masalalarni, birinchi navbatda, mahalla va tuman (shahar) darajasida, zarur hollarda esa viloyat yoki respublika darajasida hal etish va monitoringini yuritishni nazarda tutuvchi mexanizm joriy qilinadi; Muammolarni o'rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlarni mas'ul vazirlik va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan o'rganib chiqish va hal etishni ta'minlash maqsadida ular uchun foydalanuvchi kabinetlar tashkil etiladi. 2024-yil 1-oktabrdan doimiy ravishda Muammolarni o'rganish moduli orqali kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash, xotin-qizlarning muammolarini hal etish yuzasidan monitoring yuritiladi.

I.RAXIMBERGANOV,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

MUDOFAA VAZIRLIGI QOʻSHINLARIGA KONTRAKT BOʻYICHA ХIZMATGA

personmaftuna 20-09-24, 07:12
0 MUDOFAA VAZIRLIGI QOʻSHINLARIGA KONTRAKT BOʻYICHA ХIZMATGA SARALASH TARTIBI OʻZGARDI

Mudofaa vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga kontrakt boʻyicha harbiy хizmatga...

OʻZBEKISTON ORХUS KONVENSIYASIGA QOʻSHILMOQDA

personmaftuna 19-05-25, 10:43
0 OʻZBEKISTON ORХUS KONVENSIYASIGA QOʻSHILMOQDA

Prezident tomonidan 11.03.2025-yildagi «Atrof-muhit bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish...

SOLIQLAR YOKI YIG‘IMLARNI TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLAGANLIK

personmaftuna 19-09-24, 00:20
0 SOLIQLAR YOKI YIG‘IMLARNI TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLAGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 174-moddasiga ko‘ra, soliq olinadigan foydani (daromadni) yoki boshqa...

menu
menu