YOQILG'I SIFATIDA MAZUTDAN FOYDALANISH TAQIQLANADI
Qarorga ko'ra, Markaziy Osiyo davlatlari bilan muhokama qilgan holda Yashil Markaziy Osiyo fondi va Markaziy Osiyo iqlim masalalari markazini tashkil etishning konseptual asoslari ishlab chiqiladi.2030-yildan Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlarida joylashgan isitish va elektr energiya ishlab chiqarish korxonalariga yoqilg'i sifatida mazutdan foydalanish taqiqlanadi. Toshkent shahriga tutash tumanlardagi 1,2 mingdan ortiq issiqxonalarda foydalanilayotgan ko'mir yoqilg'isining atrof-muhitga salbiy ta'sirini kamaytirish maqsadida chang-gaz tozalash uskunalari o'rnatiladi hamda bunday uskunalarni o'rnatish uchun issiqxona xo'jaliklariga subsidiya ajratish mexanizmi joriy qilinadi. 2025–2030-yillarda Toshkent shahar va unga tutash Toshkent viloyatining hududlaridagi jami 441 gektar yer maydonlarida “yashil belbog'” va “yashil bog'lar” tashkil qilinadi.2028-yildan “Yevro – 4” standartidan past ekologik toifadagi motor yoqilg'isidan foydalanish va sotish bosqichma-bosqich cheklanadi.
I.RAXIMBERGANOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 21-02-24, 06:45O‘zbekistonda tovar belgisini ro‘yxatga olish jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan Sanoat mulki muhofazasi portaliga...
ISH YILI TUSHUNCHASI NIMA VA UNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY?
personmaftuna 25-06-24, 23:45Mehnat kodeksining 225-moddasiga asosan, ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida 12 oyga teng bo‘lgan va...
NIMA UCHUN FOYDALANILMAGAN TA’TILLARNI «TOʻPLASH» MUMKIN
personmaftuna 20-03-24, 06:50Ha qiqatan ham bunday amaliyot keng tarqalgan. Xodimlar dam olish zarariga daromadni tanlaydilar. Ish beruvchilar esa...