ISH YILI TUSHUNCHASI NIMA VA UNI ANIQLASH TARTIBI QANDAY?
Mehnat kodeksining 225-moddasiga asosan, ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida 12 oyga teng bo‘lgan va haqiqatda ish boshlangansanadan e’tiboran hisoblab chiqariladigan ishdavri tushuniladi.
Ish yili tushunchasi xodim ish vaqtining birqismi bo‘lib, ish vaqtidan foydalanishdarajasini ifodalovchi ko‘rsatiklarni belgilaydiva o‘zining mehnat faoliyatini amalga oshiradi. Ish yilini hisoblashda xodim bilan mehnatshartnomasi tuzilgan sana muhim hisoblanadi. Chunki, xodim bilan qaysi sanadan mehnatshartnomasi tuzilsa, 12 oy o‘tib shu sanagacha birish yili deb belgilandi.
Tabiiyki, savol vujudga kelishi mumkin. Nega xodimga ish yili kerak? Kalendar yildahisoblansa bo‘lmaydimi?
MKda xodimlarning huquq va manfaatlaribelgilab qo‘yilgan. Shunday huquqlardan birisifatida har yilgi mehnat ta’tilini olishimizmumkin. Xodimlarga har yilgi mehnat ta’tilinihisoblash tartibi ularning ishga kirgan sanasidanboshlab ish yili hisobidan amalga oshiriladi.
Agar mehnat ta’tillari ish yili emas kalendaryil bo‘yicha hisoblasak xodimning huquqlarigaputur yetishi mumkin. Chunki, yuqoridagi norma talablariga ko‘ra, xodim ish boshlagan sanadanboshlab 12 oy o‘tib aynan shu sanagacha bir ishyilini tashkil qiladigan bo‘lsa, kalendar yildahisoblaganda bir ish yili to‘lmaydi va bu holatdadavriy bo‘shliq yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Buesa xodimga mehnat ta’tili, faqatgina haqiqatdaishlagan davriga nisbatan mutanosiblikni yuzagakeltirishi mumkin.
Demak, ish yili birgina qonunchilik talab isifatida emas, balki xodimlarning qonuniy huquqva manfaatlariga dahl qiluvchi tushuncha sifatidaqaralishi kerak. Mazkur tushunchani to‘g‘ri talqinetish ham ish beruvchi ham xodim foydasiga birdekmanfaat keltiradi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.
Boshqa maqolalar
KEKSALAR VA NOGIRONLARGA IJTIMOIY YORDAM KO’RSATISH TIZIMI
personmaftuna 31-01-24, 02:25Prezidentning 27.12.2023-yildagi 410-son “Oʼzgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi boʼlgan shaxslarga...
DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARINING OCHIQLIGI MONITORING
personmaftuna 14-06-25, 02:43Hukumat qarori (910-son, 30.12.2024-y.) bilan “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta'minlash sohasidagi...
“TERMIZ ХALQARO SAVDO MARKAZI”: QOʻSHIMCHA CHORALAR
personmaftuna 01-06-24, 02:44Prezidentning 13.05.2024 - yildagi “Termiz х alqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va...