Kuzatuvchi » Siyosiy » QISHLOQ XO'JALIGI VA OZIQ-OVQAT YO'NALISHIDAGI SUBSIDIYALAR MAQBULLASHTIRILADI

QISHLOQ XO'JALIGI VA OZIQ-OVQAT YO'NALISHIDAGI SUBSIDIYALAR MAQBULLASHTIRILADI

“Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-344-son, 30.09.2024-y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi: Bog'dorchilik, uzumchilik, issiqxona xo'jaligi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash sohasidagi islohotlarni chuqurlashtirish hamda tizim faoliyatini tubdan takomillashtirish bo'yicha “yo'l xaritasi”; 2024–2027 yillarda anjir, funduk va zaytunzorlarni tashkil etishning maqsadli ko'rsatkichlari. Agentlik tomonidan Jamg'arma mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat yo'nalishidagi subsidiyalar turlari maqbullashtiriladi.  Bunda: 2025-yil 1-yanvardan: intensiv mevali bog' va uzumzorlarda tomchilatib sug'orish tizimlari o'rnatgani uchun subsidiya 1 gektar uchun 16 million so'mdan oshmagan miqdorda belgilanadi; suv tejovchi texnologiyalarni qo'llash uchun subsidiya suv quvurlarining o'lchamidan (diametri) kelib chiqib, 40 ming so'mdan 250 ming so'mgacha belgilanadi; “in-vitro” usulida yaratilgan mevali payvandtagli ko'chatlarni sotib olish xarajatlari uchun subsidiya ushbu xarajatlarning 50 foizi miqdorida belgilanadi; ekish sxemalari hududlarning tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, Agentlik tavsiyasi bilan belgilanadi. ko'chat payvandtaglari uchun beriladigan barcha turdagi subsidiyalar 2024-yil 1-oktabrdan bekor qilinadi.


D.AZAMATOVA,

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

XIZMATLAR SOHASIGA 3 MLN KISHI JALB QILINADI

personmaftuna 19-05-25, 23:47
0 XIZMATLAR SOHASIGA 3 MLN KISHI JALB QILINADI

Prezidentning 27.02.2025-yildagi "Xizmatlar sohasi barqaror rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN

personmaftuna 20-10-24, 14:52
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN FOYDALANISHGA BO‘LGAN HUQUQLARINI TA’MINLASH UCHUN QO‘SHIMCHA SHAROITLAR YARATILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-955-son,) bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi...

NIKOH SHARTNOMASI VA UNI TUZISH NIKOH SHARTNOMASINING

personmaftuna 26-01-24, 06:14
0 NIKOH SHARTNOMASI VA UNI TUZISH NIKOH SHARTNOMASINING MAZMUNI

Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan...

menu
menu