EKOLOGIYA VA ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH SOHALARI YANADA TAKOMILLASHTIRILADI
“Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida ochiqlikni ta'minlash hamda boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-149-son, 26.09.2024-y.) qabul qilindi. Farmonga ko'ra, 2026-yil 1-yanvardan hududlarda chiqindilar bilan ishlash darajasini oshirish hamda bu borada ochiqlikni ta'minlash, jamoatchilikning rolini oshirish, tadbirkorlar va aholi o'rtasida qayta aloqani to'liq yo'lga qo'yishni nazarda tutuvchi quyidagilar amalga oshiriladi: chiqindilar bilan bog'liq xizmatlarni tadbirkorlarga berish yuzasidan o'tkaziladigan tender jarayonini onlayn kuzatish imkoniyatini yaratish; sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindi to'plash shoxobchalariga videokuzatuv kameralarini o'rnatish va shoxobchalar faoliyatini aholi tomonidan kuzatish imkoniyatini yaratish; chiqindilarni tashish bilan shug'ullanuvchi barcha maxsus texnikalarga onlayn kuzatuv (GPS) tizimini o'rnatish; sanitar tozalash korxonalari to'g'risida to'liq ma'lumot berish, ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va ko'lami bo'yicha shikoyatlarni qabul qilish hamda sanitar tozalash korxonalari bilan qayta aloqa qilish uchun “Call markaz” faoliyatini yo'lga qo'yish; sanitar tozalash korxonalari xizmat ko'rsatuvchi hududlarning geografik chegarasi hamda aholi va yuridik shaxslarga biriktirilgan chiqindilarni yig'ish maydonchalari (konteyner) joylashuvi to'g'risida aniq ma'lumotlar berish; abonentlarning hosil bo'lgan chiqindilarini olib chiqib ketish grafigini ko'rsatish.
K.ISMOILOV,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI DAVLAT
personmaftuna 20-06-25, 13:54“Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini...
ИНВЕСТИЦИЯ ЛОЙИҲАЛАРИНИ АМАЛГА ОШИРИШ МЕХАНИЗМЛАРИ
personmaftuna 19-03-25, 06:00“Халқаро молия институтлари ва хорижий ҳукумат молия ташкилотлари иштирокидаги лойиҳаларни тайёрлаш ва амалга ошириш...
BILASIZMI?
personmaftuna 03-06-24, 14:13Ilmiy ish qilayotgan xodimlarga o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda quyidagi muddatlarga ijodiy ta’tillar...