Kuzatuvchi » Siyosiy » REIMBURSATSIYA DASTURI ASOSIDA BERILGAN DORILARNING QIYMATI BYUDJETDAN QOPLAB BERILADI

REIMBURSATSIYA DASTURI ASOSIDA BERILGAN DORILARNING QIYMATI BYUDJETDAN QOPLAB BERILADI

Hukumat Qarori (619-son, 02.10.2024 y.) bilan Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash bo'yicha reimbursatsiya dasturi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi Nizom bilan bemorlarni ambulator sharoitda davolanishi uchun shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept asosida dorixonalar orqali dori vositalarini berish va berilgan dori vositalari qiymatini Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplash (reimbursatsiya) tartibi belgilandi. Reimbursatsiya dasturi asosida bemorlarga dori vositalarini tayinlash Davlat tibbiy sug'urtasi jamg'armasi bilan shartnoma qilgan birlamchi tibbiy-sanitariya muassasasi shifokori tomonidan amalga oshiriladi. Elektron retsept tibbiy axborot tizimida shifokor tomonidan bemor uchun rasmiylashtiriladi. Elektron retseptda har bir tashxis bo'yicha uchtagacha dori vositasi ko'rsatilishi mumkin.  Elektron retseptning amal qilish muddati rasmiylashtirilgan kundan boshlab 7 kalendar kunni tashkil qiladi. Shifokor tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retsept o'rnatilgan tartibda tasdiqlangandan so'ng axborot dasturi orqali Jamg'arma bilan shartnoma tuzgan dorixonalarga uzatiladi hamda bemorning mobil telefon raqamiga mazkur retseptning raqami va sanasi aks ettirilgan SMS-xabarnoma avtomatik ravishda yuboriladi.   Reimbursatsiya dasturi doirasida ishtirok etuvchi dorixonalarning berilgan dori vositalari bo'yicha sarf-xarajatlar mazkur dorilarning narxlari aks ettirilgan hisob-fakturalar asosida Jamg'arma tomonidan to'lab beriladi.

K.ISMOILOV,

 Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 18-09-24, 19:20
0 BILASIZMI?

Avtobusda harakat xavfsizligiga xavf tug‘diruvchi nosozliklar paydo bo‘lganda, shuningdek haydovchi o‘zini yomon his...

TALABALARNING AMALIYOTI DAVRIDA ISH BERUVCHI BILAN MEHNAT

personmaftuna 11-12-24, 02:22
0 TALABALARNING AMALIYOTI DAVRIDA ISH BERUVCHI BILAN MEHNAT MUNOSABATLARI QANDAY TASHKIL ETILADI?

“Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish...

ИШ СТАЖИ ЕТАРЛИ БЎЛМАСА ҲАМ ПЕНСИЯ ТАЙИНЛАНАДИМИ?

personmaftuna 07-06-25, 20:52
0 ИШ СТАЖИ ЕТАРЛИ БЎЛМАСА ҲАМ ПЕНСИЯ ТАЙИНЛАНАДИМИ?

Стаж етарли бўлмаганда ҳам пенсия тайинланиши мумкин. Бунда фуқароларга иш стажи тўлиқ бўлмаган чоғдаги пенсия бор...

menu
menu