Kuzatuvchi » Siyosiy » RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI

RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI

“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024-y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.  Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish; davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash; kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o'zlashtirish va joriy qilish kompetensiyalarni baholash natijalari asosida   rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish; rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo'yicha test sinovlarini hamda psixologik so'rovnomalar o'tkazish; rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo'lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo'yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish; faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.

 

K.ISMOILOV,

 Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

Boshqa maqolalar

FUQAROLIKNI OLISH

personmaftuna 25-09-24, 00:59
0 FUQAROLIKNI OLISH

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi: tug‘ilganlik bo‘yicha, bola farzandlikka olinganda,...

SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIM

personmaftuna 20-02-24, 09:51
0 SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIM

Sirtqi ta’lim-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o’rta maxsus ma’lumot olish shakli. Sirtqi (maxsus sirtqi)...

KAM TA’MINLANGAN FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLAGAN

personmaftuna 05-05-24, 10:53
0 KAM TA’MINLANGAN FUQAROLARNI ISH BILAN TA’MINLAGAN TADBIRKORLARGA QANDAY IMTIYOZLAR BERILADI?

2.04.2024-yildagi OʻRQ-923 son Qonuni bilan kambagʻallikni qisqartirishda tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro...

menu
menu