Kuzatuvchi » Siyosiy » FUQAROLIKNI OLISH

FUQAROLIKNI OLISH

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi: tug‘ilganlik bo‘yicha, bola farzandlikka olinganda, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida.

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham olinishi mumkin.

Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi

2005-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

O‘zini O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qilgan kunga qadar O‘zbekiston Respublikasida kamida o‘n besh yil doimiy yashab kelayotgan va mazkur davr mobaynida chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekiston Respublikasida yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

MUALLIFLIK HUQUQI HAQIDA

personmaftuna 30-09-25, 10:56
0 MUALLIFLIK HUQUQI HAQIDA

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va...

XADYANI BЕKOR QILISH MUMKINMI ?

personmaftuna 24-01-24, 18:47
0 XADYANI BЕKOR QILISH MUMKINMI ?

Hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi...

AYRIM BINO VA INSHOOTLARNI ROʻYХATGA OLISH VA TOPSHIRISH

personmaftuna 28-06-24, 11:59
0 AYRIM BINO VA INSHOOTLARNI ROʻYХATGA OLISH VA TOPSHIRISH MUDDATI OʻZGARMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.06.2024-yildagi “Vazirlar Mahkamasining «Shaharsozlik faoliyatida...

menu
menu