Kuzatuvchi.uz / RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI

RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI

“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024-y.) qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi muassisligida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etiladi.  Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi: ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish; davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash; kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o'zlashtirish va joriy qilish kompetensiyalarni baholash natijalari asosida   rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish; rahbarlik lavozimiga nomzodlarni umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo'yicha test sinovlarini hamda psixologik so'rovnomalar o'tkazish; rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo'lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo'yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarini va zamonaviy usullarni keng joriy etish; faoliyatining asosiy yo'nalishlari bo'yicha ekspert-tahliliy faoliyat, ilmiy tadqiqot va izlanishlarni olib borish.

 

K.ISMOILOV,

 Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

26-12-2024, 12:49
Saytga qaytish