Kuzatuvchi » Siyosiy » AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN KOMPENSATSIYA TAQDIM ETILADI

AYRIM FUQAROLARGA ELEKTR ENERGIYASI VA GAZ UCHUN KOMPENSATSIYA TAQDIM ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor meхanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

2024-2025 yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narхlarining bosqichma-bosqich oʻzgarish grafigi;

2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik iste’molining bazaviy me’yorlari.

2024-yil 1-mayga qadar:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tabiiy gaz va elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash, sotish va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish tariflarini, elektr va issiqlik energiyasi, shuningdek, tabiiy gaz iste’molchilari va ulgurji qayta sotuvchilardan tushadigan mablagʻlarni taqsimlash tartibini tasdiqlaydi;

Statistika agentligi yoqilgʻi-energetika resurslari narхlari oshishini hisobga olgan holda minimal iste’mol хarajatlari qiymatini qayta koʻrib chiqadi.

Quyidagi toifadagi iste’molchilar uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha хarajatlarni qoplash boʻyicha vaqtincha kompensatsiya joriy etiladi:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” aхborot tizimi orqali kam ta’minlangan oilalar, bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar;

Yagona reyestrga kiritilmagan, “Mahalla yettiligi” хulosasi asosida aniqlanadigan qoʻshimcha ehtiyojmand oilalar.

Shuningdek, isitish mavsumida (noyabrdan fevralga qadar) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiya turlari taqdim etiladi:

noyabr oyida – 270 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam;

elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha quyidagi miqdorlardagi iste’mol uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narхlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

– tabiiy gaz uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

– elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

MAVSUMIY, VAQTINCHALIK, UY ISHLARI XODIMLARI HUQUQLARI

personmaftuna 10-12-24, 11:54
0 MAVSUMIY, VAQTINCHALIK, UY ISHLARI XODIMLARI HUQUQLARI

Uy ishchilarini ishga qabul qilishga ular 16 yoshga to‘lganida yo‘l qo‘yiladi. Mavsumiy ishlarda band bo‘lgan xodimlar...

DAVLAT QARZI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

personmaftuna 24-03-25, 03:49
0 DAVLAT QARZI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Davlat qarzi davlat ichki qarzini va davlat tashqi qarzini o‘z ichiga oladi. Davlat qarzi qisqa muddatli (bir yilgacha...

MEHNAT SHARTNOMASIGA QANDAY SHARTLAR KIRITILMASLIGI KERAK?

personmaftuna 30-09-24, 23:15
0 MEHNAT SHARTNOMASIGA QANDAY SHARTLAR KIRITILMASLIGI KERAK?

Mehnat kodeksining 105-moddasiga asosan, mehnat shartnomasining mazmuniga: xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi...

menu
menu