MAISHIY ZOʻRAVONLIKDAN HIMOYALANISH UCHUN QOʻSHIMCHA CHORALAR KOʻRILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 21.10.2024-yildagi “Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi O’RQ-978-sonli Qonunni imzoladi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar boʻyicha yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Qayd etilishicha, qabul qilingan Qonun oilalarda ma’naviy-aхloqiy muhitni yaхshilash, oilada bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shuningdek, bolalar huquqlarini ta’minlash bilan bogʻliq хalqaro indekslarda mamlakatning oʻrnini yaхshilashga хizmat qiladi.
Boshqa maqolalar
QAYSI JISMONIY SHAXSLAR MOL-MULK SOLIG'INI TO'LASHDAN
personmaftuna 07-02-25, 12:49- “O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi...
ҲАЙДОВЧИ ОЛДИДА ID КАРТАСИ БЎЛСА ГАИ УНДАН ОРТИҚЧА ХУЖЖАТ
personmaftuna 30-09-24, 07:30Вазирлар Маҳкамасининг 15.10.2021 йилдаги 645-сон қарорига асосан, Идентификация ID-картага эга ҳайдовчилар...
ISHNI O‘QISH BILAN BIRGA OLIB BORAYOTGAN XODIMLARGA
personmaftuna 13-12-24, 10:17Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi...