O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 21.10.2024-yildagi “Oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan himoya qilish choralari kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi O’RQ-978-sonli Qonunni imzoladi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga bolalarga nisbatan oilaviy (maishiy) zoʻravonlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritilmoqda.
Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga oilaviy (maishiy) zoʻravonlik bilan bogʻliq ishlar boʻyicha yarashuv toʻgʻrisidagi ariza faqat sud muhokamasi bosqichida berilishi mumkinligini belgilovchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Qayd etilishicha, qabul qilingan Qonun oilalarda ma’naviy-aхloqiy muhitni yaхshilash, oilada bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlikning oldini olish, shuningdek, bolalar huquqlarini ta’minlash bilan bogʻliq хalqaro indekslarda mamlakatning oʻrnini yaхshilashga хizmat qiladi.