Kuzatuvchi » Siyosiy » KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

KASBIGA NISBATAN SOVUQQONLIK JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Shaxsning o‘z kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bo‘lishi tufayli kasb yuzasidan o‘z vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa;

- uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Qonun yoki maxsus qoidalarga muvofiq kasalga yordam ko‘rsatishi shart bo‘lgan shaxsning uzrli sababsiz shunday yordam ko‘rsatmaganligi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa;

- BHMning yuz baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida odam o‘lishiga sabab bo‘lsa;

- ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan qilmishlar ehtiyotsizlik orqasida:

a) odamlar o‘limiga;

b) boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa,

- besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

MAHALLIY MEHNAT ORGANLARIGA MUROJAAT QILAYOTGAN

personmaftuna 26-12-24, 13:10
0 MAHALLIY MEHNAT ORGANLARIGA MUROJAAT QILAYOTGAN FUQAROLARDAN ORTIQCHA HUJJATLAR TALAB ETILISHINING OLDI OLINADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-967-son, 27.09.2024-y.) bilan “Aholi bandligi to'g'risida”gi Qonunga...

IТ-СЕРТИФИКАТ ОЛИШ ХАРАЖАТЛАРИНИ ЯИДХП ОРҚАЛИ ҚОПЛАШ МУМКИН

personmaftuna 14-05-24, 02:41
0 IТ-СЕРТИФИКАТ ОЛИШ ХАРАЖАТЛАРИНИ ЯИДХП ОРҚАЛИ ҚОПЛАШ МУМКИН

Вазирлар Маҳкамасининг 17.02.2024 йилдаги “Халқаро IТ-сертификатларга эга бўлган ёш мутахассисларни рағбатлантиришга...

TA’LIMNING STANDARTLASHTIRILADIGAN TURLARI

personmaftuna 15-05-24, 18:30
0 TA’LIMNING STANDARTLASHTIRILADIGAN TURLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.03.2024 - yildagi “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim...

menu
menu