Kuzatuvchi » Siyosiy » XORIJDA QIYIN AHVOLDA QOLGAN FUQAROLAR QANDAY YO‘L TUTISHLARI LOZIM?

XORIJDA QIYIN AHVOLDA QOLGAN FUQAROLAR QANDAY YO‘L TUTISHLARI LOZIM?

Xorijda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik idoralariga murojaat qilishlari kerak.

Diplomatik vakolatxona rahbari o‘zi ishlab turgan davlatda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo‘lni samarali davom ettirish, mamlakat manfaatlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ilgari surishni ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasining oliy rasmiy vakili hisoblanadilar.

Muammoli masalalar yuzaga kelganda, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik idoralariga murojaat qilish mumkin.

Xorijga chiqayotgan fuqarolarga chiqish rejalashtirilayotgan davlatga xorijiy fuqarolarning kirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oldindan o‘rganishi tavsiya etiladi. Bunda o‘sha davlatning diplomatik yoki konsullik idorasi veb-sahifasidan axborot olish mumkin.

Shuningdek, xorijga chiqishdan oldin o‘sha davlatdagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasi va konsullik idorasining manzili va telefon raqamlarini bilib olish tavsiya etiladi. Chunki bu idoralar xorijda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radilar.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

AHOLI VA DAVLAT XIZMATCHILARINING KORRUPSIYAGA QARSHI

personmaftuna 24-07-24, 03:50
0 AHOLI VA DAVLAT XIZMATCHILARINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI BILIMLARI OSHIRILADI

“Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini...

XODIMNI BOSHQA ISHGA O‘TKAZISH MUDDATI

personmaftuna 26-01-24, 06:19
0 XODIMNI BOSHQA ISHGA O‘TKAZISH MUDDATI

Xodim boshqa ishga o‘tkazilayotganda u o‘zi bajarish uchun o‘tkazilgan ishga kirishishi kerak bo‘lgan sana belgilanishi...

QANDAY HOLATDA MOL-MULK MUSODARA QILINISHI MUMKIN?

personmaftuna 13-12-24, 09:39
0 QANDAY HOLATDA MOL-MULK MUSODARA QILINISHI MUMKIN?

Mulkdor bo‘lish huquqining har bir shaxsga berilishi shaxsning huquqiy holati va maqomidan qat’i nazar, mol-mulkka ega...

menu
menu