XODIMNI BOSHQA ISHGA O‘TKAZISH MUDDATI
Xodim boshqa ishga o‘tkazilayotganda u o‘zi bajarish uchun o‘tkazilgan ishga kirishishi kerak bo‘lgan sana belgilanishi kerak. Xodimni boshqa ishga o‘tkazish qaysi muddatga amalga oshirilayotganligiga qarab boshqa ishga o‘tkazish turlari doimiy va vaqtinchaga ajratiladi. Agar xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish yuz bergan bo‘lsa, bunday o‘tkazish muddati belgilanishi kerak. Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddati quyidagilar vositasida belgilanishi mumkin:
-vaqtincha o‘tkazishning umumiy davomiyligini kunlar, oylar, yillar bilan ko‘rsatish;
-qaysi ishga o‘tkazish amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha ishni bajarish boshlanadigan kalendar sanani va o‘tkazish muddati tugaydigan kalendar sanani ko‘rsatish;
-boshqa ishga o‘tish muddati qaysi hodisaning yuz berishi bilan tugaydigan bo‘lsa, o‘sha hodisani aniqlash (vaqtincha yo‘q bo‘lgan xodimning ishga chiqishi va boshqalar).
Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish muddati tugagach, ish beruvchi xodimga mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan avvalgi ishini berishi shart.
D.OTABOYEV,
Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ИХТИСОСЛАШТИРИЛГАН МАКТАБЛАР ТАРМОҒИ КЕНГАЙТИРИЛМОҚДА
personmaftuna 28-05-24, 02:28Президент 01.04.2024 йилда ПФ-55 сонли “Ихтисослаштирилган мактаблар тармоғини кенгайтириш ва уларнинг фаолиятини янада...
“IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTRI”GA KIRITILGANLARNING
personmaftuna 19-11-24, 21:42Prezidentning PQ-13-son qarori bilan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi....
TIBBIY-IJTIMOIY EKSPERTIZA KOMISSIYASI XODIMLARI
personmaftuna 24-07-24, 20:07Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2024-yil 1-oktyabrdan: TIEK xodimlarini...