KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISH MAQSADIDA KELGUSI YILI BYUDJETDAN 500 MILLIARD SO‘M YO‘NALTIRILADI
To‘rt yil avval 23 foiz aholimizning daromadi kambag‘allik chegarasiga ham yetmas edi. O‘tgan davrda 3,5 million fuqaro uchun daromad olish imkoniyati yaratilib, kambag‘allikni 11 foizga tushirishga erishildi. Kelgusi uch yilda uni 7 foizga tushirish reja qilingan.
Kambag‘allikni qisqartirish va aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida kelgusi yili byudjetdan 500 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Shuningdek, yangi yildan 65 turdagi ijtimoiy xizmat va yordamlar, 50 ga yaqin imtiyozlarni o‘zida mujassam etadigan yagona “Ijtimoiy karta” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Daromadi va sog‘lig‘ini yo‘qotib, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlash ko‘lami bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Buning uchun “Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ТАЛАБА ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ЎҚИШДАН ЧЕТЛАТИЛАДИ ?
personmaftuna 30-09-24, 16:09Ҳукуматнинг 20.06.2017 йил кунги 393-сон қарорига кўра, талабалар қуйидаги ҳолларда ўқишдан четлатилади. ўз хоҳишига...
YO‘LKIRA HAQINI NAQD PULDA OLISH AMALIYOTIDAN VOZ KECHILADI
personmaftuna 06-12-24, 17:19Aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishda jamoat transportlarining o‘rni beqiyos. Normativ-huquqiy hujjatlar...
PARRANDA GO‘SHTINI EKSPORT QILISHDA MAVJUD BARCHA
personmaftuna 23-07-24, 14:08“Parrandachilik sohasini yanada qo'llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperasiya tizimini joriy...