YO‘LKIRA HAQINI NAQD PULDA OLISH AMALIYOTIDAN VOZ KECHILADI
Aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishda jamoat transportlarining o‘rni beqiyos. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida «Toshkent shahridagi jamoat transporti tizimida yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflarni joriy etish to‘g‘risida» Toshkent shahri hokimining qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror bilan 2025-yil 1-yanvardan Toshkent shahrining jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) qatnovlarni amalga oshirish uchun yo‘lkira haqining cheklangan tariflari belgilanmoqda, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ma’lumotida.
Unga ko‘ra, bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) so‘m. Bunda bir yo‘lovchi qatnovi uchun 1 (bir) martalik to‘lovni elektron to‘lov tizimi orqali amalga oshirilganda, rag‘batlantiruvchi chegirma qo‘llanilgan holda – 1 700 (bir ming yetti yuz) so‘m undiriladi.
Bir yo‘lovchining bagajini tashish bo‘yicha xizmat uchun – 4 000 (to‘rt ming) so‘m, qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan tarif rejalarini hisoblash uchun cheklangan tarif – 1 600 (bir ming olti yuz) so‘m.
Qatnovlar soniga bog‘liq holda belgilangan transport kartalarining va transport kartalaridan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tarif rejalarining narxlari o‘zgarishsiz qoldiriladi.
Toshkent shahri yo‘nalishlaridagi barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi va yo‘lkira haqini faqat elektron tarzda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
TUHMAT QILISH QANCHALIK XAVFLI? U HAQIDA BILISH ZARUR
personmaftuna 01-05-24, 01:32Odamlar orasida boshqalar haqida yolgʻon maʼlumotlar tarqatib yuradiganlari ham uchrab turadi. Ularning maʼlumotlariga...
XORIJDA VAQTINCHA MEHNAT FAOLIYATINI AMALGA OSHIRAYOTGAN
personmaftuna 04-06-24, 14:18“Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan...
АЙРИМ ТАДБИРКОРЛАРГА СУБСИДИЯ АЖРАТИЛАДИ
personmaftuna 14-04-24, 02:37“Ўзбекистон Республикаси Президентининг қишлоқ хўжалиги ва озиқ-овқат маҳсулотларини етиштирувчи, ишлаб чиқарувчи ва...