Kuzatuvchi » Siyosiy » “INSON QADRI UCHUN” TAMOYILI USTUVOR BO‘LGAN KONSTITUTSIYA

“INSON QADRI UCHUN” TAMOYILI USTUVOR BO‘LGAN KONSTITUTSIYA

Hech kimga uning roziligisiz qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas.

Shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

Har kim qulay atrof-muhitga, uning holati to‘g‘risidagi ishonchli axborotga ega bo‘lish huquqiga ega.

Har kim o‘z shaxsiga doir ma’lumotlarning himoya qilinishi, huquqiga shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlarning tuzatilishini, o‘zi to‘g‘risida qonunga xilof yo‘l bilan to‘plangan yoki huquqiy asoslarga ega bo‘lmay qolgan ma’lumotlarning yo‘q qilinishini talab qilish huquqiga ega.

Davlat inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini tashkil etish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Davlat fuqarolarga Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanishni ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.

Huquqbuzarliklardan jabrlanganlarning huquqlari qonun bilan muhofaza qilinadi.

Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash davlatning oliy maqsadidir.

Inson huquq va erkinliklari xalqaro huquq va Konstitutsiyaga muvofiq e’tirof etiladi va kafolatlanadi.

Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.

Insonning huquq va erkinliklari har kimga tug‘ilganidan boshlab tegishli bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekistondan tashqariga majburiy chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berib yuborilishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi taqiqlanadi.

Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli.

Insonning sha’ni va qadr-qimmati daxlsizdir.

Hech narsa insonning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish uchun asos bo‘lishi mumkin emas.

Har bir inson o‘z shaxsini erkin kamol toptirish huquqiga ega.

N.NURJONOV,

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.

Boshqa maqolalar

PENSIYAGA STAJ, RASMIY DAROMAD, KREDIT OLISH IMKONIYATLARI

personmaftuna 19-05-24, 18:31
0 PENSIYAGA STAJ, RASMIY DAROMAD, KREDIT OLISH IMKONIYATLARI – О‘ZINI О‘ZI BAND QILISHNING QANDAY AFZALLIKLARI BOR?

Bugun aksariyat aholi shug‘ullanib kelayotgan ishlar, jumladan, ustachilik, uy ishlarini bajarish, mebel yig‘ish,...

26 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARINI

personmaftuna 01-06-24, 02:25
0 26 MLRD AQSH DOLLARI MIQDORIDAGI INVESTITSIYA LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISH CHORALARI TASDIQLANDI

Prezident tomonidan 15.05.2024-yildagi “Uchinchi Toshkent х alqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar...

DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMALARI HAQIDAGI E’LONLAR DAVLAT

personmaftuna 15-05-24, 01:39
0 DAVLAT IJTIMOIY BUYURTMALARI HAQIDAGI E’LONLAR DAVLAT ХARIDLARI PORTALIDA JOYLASHTIRILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.03.2024-yildagi VMQ-152-sonli “Ijtimoiy sheriklik me х anizmlarining...

menu
menu