QANDAY TURDAGI YER UCHASTKALARIGA SOLIQ SOLINMAYDI?
Soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga quyidagi yerlar kiradi:
- madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash (bundan turistik zonalarda joylashgan sanatoriy-kurort obyektlari band qilgan yerlar mustasno) va ijtimoiy ta’minot ob’ektlari egallagan yerlar;
- sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, o‘quv-mashq bazalari va bolalar-sog‘lomlashtirish oromgohlari egallagan yerlar;
- shahar elektr transporti yo‘llari va metropoliten liniyalari, shu jumladan, jamoat transporti bekatlari va metropoliten stansiyalari hamda ularning inshootlari egallagan yerlar;
- aholi punktlarining suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish inshootlari;
- magistral issiqlik trassalari, shu jumladan, nasos (ko‘paytiruvchi, kamaytiruvchi, aralashtiruvchi, drenaj) stansiyalari, issiq suv ta’minotining issiqlikni hisobga olish va nazorat qilish asboblari, isitkichlari, sirkulyatsiya nasoslari hamda shunga o‘xshash inshootlar egallagan yerlar;
- ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar.
- suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg‘irlatib, diskret va boshqa) sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga;
- qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar;
- melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;
- yangi barpo etilayotgan bog‘lar;
- ilmiy tashkilotlarning, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik bo‘lgan yerlar va o‘rmon fondining yerlari.
- qishloq joylarda joylashgan (bundan shaharlar va tumanlarning markazlari mustasno) antenna-machta metall konstruksiyalari, shuningdek, ularga o‘rnatilgan hamda ularning ajralmas qismi bo‘lgan konstruksiyalar egallagan yer uchastkalari.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ҚАНДАЙ ҲОЛЛАРДА ХОДИМНИНГ РУХСАТИСИЗ ИШ ҲАҚИДАН УШЛАБ
personmaftuna 30-05-24, 12:44Ўзбекистон Республикаси Мехнат кодексининг 269-моддасига асосан қуйидагилар : -солиқлар ва йиғимларни ундириш учун;...
DAVLAT AKTIVLARINI SHAFFOF HOLDA XUSUSIYLASHTIRISH — DAVR
personmaftuna 25-06-24, 14:57Joriy yil 19-aprel kuni Muxtaram Prezidentimizning “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha...
NODAVLAT MAKTABGACHA VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIGA
personmaftuna 11-12-24, 11:00O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha...