MEROS TAQSIMLANISHIDAN OLDIN QAYSI XARAJATLAR QOPLANADI?
Har bir shaxs bilishi lozim bo‘lgan masalalardan biri meros masalasidir. Meros deganda vafot etgan shaxs o‘zidan keyin qoldirgan moddiy boyliklar ko‘zda tutiladi. Meros mulkini taqsimlashda vorislar o‘zaro kelishganlari eng maqbul yechim hisoblanadi.
Meros taqsimlanishidan oldin quyidagi xarajatlar qoplanishi lozim:
- meros qoldiruvchi vafoti oldidan xastaligi tufayli qilingan zarur xarajatlar;
- meros qoldiruvchini dafn etish xarajatlari;
- merosni egallash, muhofaza qilish, boshqarish va vasiyatnomani ijro etish xarajatlari.
Bu talablar meros qiymati hisobidan boshqa barcha talablardan, shu jumladan, ipoteka yoki boshqa garov bilan ta’minlangan talablardan oldin imtiyozli ravishda qondirilishi lozim.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
DUKKAKLI VA MOYLI EKINLAR URUGʻLARI SERTIFIKATLASHTIRILADI
personmaftuna 30-04-24, 00:22Vazirlar Mahkamasining 15.04.2024-yildagi 201-son qarori bilan Eksportga moʻljallangan va iste’mol maqsadlarida...
SUV YETKAZIB BERISH XIZMATLARINING ASOSIY VAZIFALARI VA
personmaftuna 28-03-24, 02:22O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.2024-yildagi 79-son qarori bilan tasdiqlangan, “Suv yetkazib...
BOLANING MEHNAT QILISH HUQUQI KAFOLATLARI
personmaftuna 19-01-24, 17:33Har bir bola o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq qonunchilikda belgilangan tartibda...