SUV YETKAZIB BERISH XIZMATLARINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.02.2024-yildagi 79-son qarori bilan tasdiqlangan, “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasalari to‘g‘risida nizomga ko‘ra, Quyidagilar suv yetkazib berish xizmatlarining asosiy vazifalari hisoblanishi belgilangan: belgilangan limitlar asosida suv iste’molchilariga suv yetkazib berish, o‘ziga biriktirilgan hududda suvning hisobi va hisobotini yuritish, sug‘orish tarmoqlari va ulardagi gidrotexnik inshootlarni himoya zonalari bilan birgalikda soz holatda saqlash, ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirish, o‘z hisobidagi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash, suv monitoringi, hisobi va hisobotini yuritishni raqamlashtirish, iste’molchilar kesimida iste’mol qilingan suv hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni soliq organlariga taqdim etib boorish, suv iste’molchilarining buyurtmanomasi asosida boshqa suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish.
Suv yetkazib berish xizmatlari o‘ziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlaydi, suv taqsimoti va hisob-kitobini yuritadi, sug‘orish ishlarini tashkil qiladi, belgilangan limitlar asosida suv iste’molchilariga suv yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzadi va yetkazib berilgan suvning hajmi ko‘rsatilgan dalolatnomalarni rasmiylashtiradi, shuningdek, “Suv hisobi” axborot tizimi orqali suv yetkazib beruvchi tashkilotlar va suv iste’molchilari o‘rtasida rasmiylashtirilgan dalolatnomalarni har oy yakuni bilan elektron shaklda to‘ldirish hamda elektron raqamli imzo orqali tasdiqlab borilishini ta’minlaydi, suv resurslarini boshqarish tamoyillari va tizimini takomillashtirish, ulardan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlash, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, suv xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash-tiklash va modernizatsiya qilish choralarini ko‘rish funksiyalarni amalga oshiradi.
Suv yetkazib berish xizmatlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Xusin ISKANDAROV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
AHOLI ХAVFSIZLIGI UCHUN FARMATSEVTIKA SOHASIDA DORILAR
personmaftuna 05-03-24, 22:41Prezident 23.01.2024-yilda 20-sonli “Farmatsevtika sohasini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar...
GAZ SARFI VA XARAJATLARINI ONLAYN REJIMDA KUZATISH MUMKIN
personmaftuna 11-12-24, 11:17“Hududgazta’minot” AJ tomonidan aholi iste’molchilarining tabiiy gaz sarfi va xarajatlarini onlayn kuzatish imkonini...
KASALLIK VARAQASI OLTI OY KECHIKIB TOPSHIRILSA, QANDAY YOʻL
personmaftuna 24-09-24, 00:31– Avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi nima sababdan bunday uzoq kechikish bilan toʻlovga taqdim...